Jizzax davlat pedagogika instituti aqchayev farruh shavkatovich tarix fanini o



Yüklə 2,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/67
tarix24.01.2022
ölçüsü2,16 Mb.
#83098
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   67
tarix fanini oqitishda innovatsion texnologiyalar

Innovatsiyaning  maqsadi 

-  sarflangan  mablag`  yoki  kuchdan  eng  yuqori 

natija  olishdan  iborat.  Boshqa  turli  —  tuman  o`z-o`zidan  paydo  bo`ladigan 

yangiliklardan  farqli  o`laroq,  innovatsiya  boshqariluvchi  va  nazorat  qilinuvchi 

o`zgarishlar mexanizmini tashkil etadi. 

Ta’lim  tizimidagi  har  qanday  yangilik  innovatsiya  bo`la  olmaydi.  Shu 

sababli  «novatsiya»  va  «innovatsiya»  tushunchalari  o`rtasidagi  asosiy  farqlarni 

ko`rsatib  o`tish  zarur.  Buning  uchun  islohat  faoliyatining  aniq  shakli,  mazmuni 

va  ko`lami  asos  bo`lib  xizmat  qiladi.  Agar  faoliyat  qisqa  muddatli  bo`lsa  va 

yaxlit tizim xususiyatiga ega bo`lmasa, o`z oldiga muayyan tizimdagi faqat ba’zi 

elementlarini  o`zgartirishni  vazifa  qilib  qo`ygan  bo`lsa,  u  holda  biz 

novatsiya 

bilan muloqot qilayotgan bo`lamiz. Agar faoliyat ma’lum konseptual yondashuv 

asosida amalga oshirilayotgan bo`lsa va uning natijasi o`sha tizim rivojlanishiga 

yoki uning prinsipial o`zgarishiga olib kelsagina 



innovatsiya 

deya olamiz. 

Har  ikkala  tushuncha  mezonlari  quyidagicha:  novatsiya  amaldagi  nazariya 

doirasida  amalga  oshiriladi,  ko`lam  va  vaqt  bo`yicha  chegaralanadi,  metodlar 

yangilanadi va natijasi avvalgi tizimni takomillashtiradi. Innovatsiya esa tizimli, 

yaxlit va davomli bo`ladi, ma’lum amaliyotda yangi faoliyat tizimini loyihalaydi, 

amaliyot  subyektlari  pozisiyalarini  to`la  yangilaydi.  Bunda  faoliyatning  yangi 

yo`nalishlari  ochiladi,  yangi  texnologiyalar  yaratiladi,  faoliyatning  yangi  sifat 

natijalariga erishiladi, natijada amaliyotning o`zi ham yangilanadi. 

Innovatsiyaning  amaliyotga  kiritilishi  innovatsion  jarayonlarda  amalga 

oshiriladi.  


Yüklə 2,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə