Jizzax davlat pedagogika instituti aqchayev farruh shavkatovich tarix fanini o


Ta'lim vositalarining klassifikatsiyasi



Yüklə 2,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/67
tarix24.01.2022
ölçüsü2,16 Mb.
#83098
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
tarix fanini oqitishda innovatsion texnologiyalar

2.Ta'lim vositalarining klassifikatsiyasi. 

Ijtimoiy voqelik ta’limni boshqarish muammolarini ko`rib chiqish va hal 

qilishni mustaqil yo`nalish sifatida ajratib olish, ta’lim-tarbiya jarayonini 

boshqarishning asoslangan usul, vositalarini ishlab chiqish va joriy qilish 

zaruratini belgilab berdi. Uning o`qitish, tarbiyalash va rivojlantirish  o`rtasidagi 

tashkiliy-boshqaruv, axborot aloqalari, ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik 

shaxsni shakllantirishdagi yaxlit jarayonning tarkibiy qismlari sifatini oshirdi. 

 Bugungi kunda erkin va mustaqil fikrlovchi, ijtimoiy-siyosiy hayotda ongli 

ravishda faol ishtirok etishga qodir yosh avlodni shakllantirish «Kadrlar 

tayyorlash milliy dasturi» ning asosiy ustuvor yo`nalishidir. Bu esa 

mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga demokratik asoslarini joriy etishni

fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat  qurishni tezlashtirish imkonini beradi. 

Dastur ta’lim muassasalari mustaqilligini kengaytirish orqali ta’lim boshqaruvini 

demokratlashtirishni o`z ichiga oladi. 

  Insoniyatning rivojlanish davrlari almashganda pedagogik texnologiyalar 

butunlay yo`q bo`lib ketmaydi, balki pedagogik texnologiyalar keyingi davrlarga 

assotsiatsiya orqali fikran bog`lanadi, yangi sifatlar, xususiyatlarga ega bo`lib, 

kuchayadi va boyiydi. Ushbu jarayon borgan sari tezlashib boradi. 

 Kishilik tarixida 1-bosqich uzoq muddat davom etgan. Unda o`qituvchi o`z 

kuchiga,  o`z  bilim va mahoratiga asoslanib ish bajargan. Keyinchalik dunyoviy 

va diniy mazmundagi qo`lyozma kitoblar yaratildi, lekin o`quvchi ularning 

mazmunini o`qituvchi faoliyati vositasida o`zlashtiradi. 

 2-bosqich darsliklar yaratish va ulardan foydalanish texnologiyasi 

mukammal rivojlanmagan, lekin o`qitishning 1,2,3-bosqichlariga xos ta’lim 

vositalari maktablarga jadal kirib bormoqda.  



 

42 


 O`quv adabiyotlarini joriy etish qarama-qarshiliklar ko`rashi natijasida sodir 

bo`lgan.  Keyingi davrlarda ham ta’lim sohasidagi jiddiy o`zgarishlar oson 

kechmagan. Bugungi kunda ham 1-bosqich texnologiyasi ruhida shakllangan 

ayrim pedagoglarda keyingi davrlarda vujudga kelgan o`quv  vositalarini 

o`zlashtirib olishga, ta’lim-tarbiya jarayonini  shu asosda tashkil  etishga intilish 

sust darajada. 1-bosqich  o`quv  vositalari  o`qituvchidan  ko`p  mehnat talab etadi 

va  o`quvchining bilim, tayyorgarlik darajasi yuqori bo`lmaydi. Bu pedagogik 

bosqichlarning har birida ta’lim metodlari takomillashtirila borganligi tufayli 

o`qituvchi mehnatining samarasi ortib, zamonaviy texnologiyani qo`llaydiganlar 

safi kengaya borgan. 




Yüklə 2,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə