Jizzax davlat pedagogika instituti aqchayev farruh shavkatovich tarix fanini o



Yüklə 2,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/67
tarix24.01.2022
ölçüsü2,16 Mb.
#83098
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   67
tarix fanini oqitishda innovatsion texnologiyalar

Grafoproyektor

  –  shaffof plyonkadagi tasvir (slaydlar) ni ekranga 

proyeksiyalash uchun qo`llaniladigan jihoz hisoblanadi. Undan  ma’ruza  vaqtida 

materiallarni namoyish qilish uchun, shuningdek guruh ishlari taqdimotida 

yordamchi vosita sifatida foydalaniladi. Kodoskop foydalanish uchun qulay 

moslashuvchan vosita bo`lib, bir marta tayyorlangan plyonkadan ko`p  marta 

foydalanish mumkin, bundan tashqari doska bo`lmagan hollarda asosiy 

tushuncha  g`oyalar va natijalarni o`qituvchi plyonkaga flomaster yordamida 

to`g`ridan-to`g`ri yozib ko`rsatish ham mumkin.   

Sinf doskasi

 – o`quv materialini vizual namoyish qilishning an’anaviy va 

qulay vositasidir. Undan o`quv  materialining asosiy tayanch nuqtalarini 

belgilashda, yoki biror narsani tez yozish lozim bo`lganda foydalanish juda 

qulaydir. Bundan tashqari sinf doskasi ta’lim muassasasining har bir o`quv 

xonasida mavjuddir.  




 

40 


    

 

 



                  

Sinf doskasi.                                         Doska-stend. 

 

 

    



 

 

     



 

                                                         

 

 

 



Kamchiligi: yangi materialni tushuntirish uchun doskada yozilganlarni 

o`chirishga  to`g`ri  keladi va avval yozilganlarni qayta ko`rsatish imkoni 

bo`lmaydi. Bundan tashqari o`qituvchi doskaga yozayotganda tahsil oluvchilarga 

nisbatan teskari holatda bo`ladi va uni eshitish qiyin bo`ladi. 



Doska - stend

 – mashg`ulotlarda o`quv munozaralari, aqliy hujum, guruh 

ishlari va boshqa muhokamalar natijalarini hujjatlashtirishda foydalaniladigan 

o`qitishning texnika vositasidir. Bunda stendga o`sha kattalikdagi qog`oz 

qo`yiladi va unga turli rangdagi hamda shakldagi kartochkalar yopishtiriladi. 

Mashg`ulot  vaqtida stendda mazkur  kartochkalar yordamida sxemalar, 

tuzilmalar, sharhlar va shu kabilarni tuzish mumkin. 

Doska  –  stendning afzalligi shundaki, unda kartochkalar (sxemalar, 

tuzilmalar, sharhlar va h.k.) joylashuvini xohlagan vaqtda o`zgartirish imkoniyati 

mavjud. Shuningdek doska –  stend bilan ishlaganda qisqa vaqt ichida barcha 

tinglovchilarning fikr –  mulohazalari va g`oyalarini qamrab olish va qayd etish 

imkoniyatiga ega bo`linadi. 




Yüklə 2,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə