Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish chizmalari



Yüklə 31,87 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü31,87 Kb.
#137320
  1   2   3
5-Амалий


TEXNOLOGIK JARAYONLARNI AVTOMATLASHTIRISH CHIZMALARI
Avtomatlashtirish chizmalari tuzishda yechiladigan asosiy masalalar:
1. Texnologik jarayonni taxlil qilish;
2. Mavjud avtomatlashtirish chizmalarini taxlil qilish
3. Texnologiya chizmasida nazorat nuqtalarini yoki rostlash tizimiga impulslar olish nuqtalarini tanlash;
4. Ikkilamchi о‘lchov asboblarini tanlash;
5. Rostlagichlarni tanlash;

Avtomatlashtirish chizmalarini tuzishda yechiladigan asosiy masalalar
Avtomatlashtirish chizmalari loyixa xujjatlarining asosiysi bо‘lib, boshqa loyiha chizmalarini ishlab chiqishga asos bо‘ladi. Shuning uchun avtomatlashtirish chizmasi obyektning avtomatlashtirish darajasini belgilaydi.
Texnologik jarayonni taxlil qilish
Faqat texnologiyani chuqur bilgan xolda avtomatlashtirish masalalarini asosli yechish, nazorat qilinuvchi va boshqariluvchi parametrlarni tо‘g‘ri tanlash, ularni о‘lchash diapazonlarini, ishchi nominal qiymatlarini aniqlash, hamda jarayon turtkilari xarakterini aniqlab, asosiy ta’sir kanallarini aniqlash mumkin.
Mavjud avtomatlashtirish chizmalarini taxlil qilish
Avtomatlashtirish chizmalarini tuzishda loyixa qarorlarini qabul qilishdan avval mavjud avtomatlashtirish chizmalari о‘rganilib, chuqur tahlil qilinadi. Taklif qilinayotgan avtomatlashtirish chizmalari mavjud avtomatlashtirish chizmalaridan yuqori texnik-iqtisodiy kо‘rsatgichlarni ta’minlashi kerak bо‘ladi.
Obyektning statik va dinamik xarakteristikalarini taxlil qilib rostlash
Obyektning statik va dinamik xarakteristikalari taxlil qilinib, boshqarish strukturasi va asosiy rostlash ta’sir kanallari aniqlanadi.
Texnologiya chizmasida nazorat nuqtalarini yoki rostlash tizimiga impulslar olish nuqtalarini tanlash
Nazorat nuqtalarini tanlash rostlagichlarning sozlash parametrlariga ta’sir etadi, chunki nazorat nuqtalarining о‘zgarishi bilan obyektning dinamik va statik xarakteristikalari о‘zgaradi. Shuning uchun datchiklarning о‘rnatilish joylarini obyektning statik va dinamik xarakteristikalarini hisobga olgan xolda aniqlash kerak bо‘ladi.

Yüklə 31,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə