1. MS Power Pointda taqdimotga tayyorlash bo`yicha yo`riqnoma
1. MS Power Pointda taqdimotga tayyorlash jarayoni quyidagilardan iborat:
>
taqdimot turini tanlash;
>
taqdimotni umumiy rasmiylashtirishni tanlash;
>
slaydlarning mazmunli tomonlarini tanlash;
>
yangi slaydlarni qo`shish;
>
slaydlarni belgilashni tanlash;
>
zarur bo`lganda slaydlarni rasmiylashtiri shni o`zgartirish;
>
slaydlarni namoyish etish vaqtida turli ovozli animatsiyalarni yaratish.
2. Slaydlarni texnik namoyish etish quyidagi tavsiflarga javob berishi kerak:
•
slaydlar miqdori (8-12).
•
slaydlarning mazmunli ko`rsatkichlari: birinchi slayd: loyiha nomi, muallif
familiyasi, o`quv guruhi raqami, yaratilgan kunidan iborat;
•
oxirgi slayd axborot manbasiga bag`ishlangan;
•
boshqa slaydlar loyiha mazmunini ixtiyoriy shaklda aks ettiradi.
•
slaydlar o 'z-o 'zidan ishlash tartibida namoyish ettiriladi.
3. Taqdimotni rasmiylashtirish qoidasi:
•
Agar matn og`zaki bo 'lsa, quyidagicha bo 'lishi zarur:
•
yuqori axborotlik;
•
bog`lovchilik;
•
aniq va qisqa;
•
oddiy sintaktikli (...quyidagilarga e'tibor bering, quyida taqdim etilayotgan
ro`yxatlar kabi aylantiruvchi kirish so`zlari kamroq bo`lishi) - bularning
barchasini ma’ruzachining o`zi so`zlashi mumkin. Oddiy tuzilgan gaplar o`rni
bilan tanishtiradi va yozuvni kattaroq qilishga imkon beradi;
•
(asosan termin va ta'riflarda) tushunarli, mantiqiy, aniq bo`lishi zarur.
Ommaga taqdim etishdan oldin matnni tekshirishga erinmang.
•
Ovoz tiniq bo`lishi kerak. Taqdimotni ovozli qilish kerak emas, bunda
sharhlovchining ovozini eshitib bo`lmaydi, eng yaxshisi ma’ruzachining jonli
ovozi hisoblanadi.
•
Rasmlar aniq va yetarlicha kattaroq bo`lishi zarur. Rasmlar o`lchamini katta
qilishga urinmang, faqatgina siz sifatni yo 'qotasiz.
•
Videotasmalar taqdimot oynasining uch qismini egallashi zarur. Rasmlar
namoyishli bo 'lishi kerak. Bezaklar chalg`itishi mumkin.
•
Jadvallarda ajratuvchi ma'lumotlar aniq ko`rsatilishi, jadvallarning nomlanishi
tagiga katta yozuvlarda berilishi zarur. Jadvallarni haddan ziyod ko`p
ma'lumotlar bilan to`ldirish kerak emas! Jadvalga qancha ko`p ma'lumot
kiritilsa, ularni ekrandan qabul qilish qiyin bo`ladi. Taqdimot boshlashdan
avval auditoriyada o`tirganlarga jadval va rasm nusxalaridan tarqatish
zarur. Chizmalar bir bo`limdan boshqa bo`limga aniq va mantiqiy ravishda
o`tishga moslashtirilishi kerak. O`tish chiziqlari ekranda yaxshi ko`rinishini
tekshiring.
Dostları ilə paylaş: |