Jizzax davlat pedagokika instituti


Bog'lanishli nutqqa oid asosiy ko'nikmalar



Yüklə 55,41 Kb.
səhifə3/14
tarix25.06.2022
ölçüsü55,41 Kb.
#90095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
KURS ISHI

Bog'lanishli nutqqa oid asosiy ko'nikmalar
O'quvchilar nutqini o'stirish ularga aniq ko'nikmalarni singdirish demakdir. Boshlang'ich sinf o'quvchilari mustaqil mashq sifatida bog'lanishli nutqni o'stirishdan quyidagi ko'nikmalarni bilib oladilar:
1. Mavzuni tushunish, chegarasini aniqlash va uni nisbatan to'liq yoritish ko'nikmasi. Masalan, ,,Biz uy ishlarida ota-onamizga qanday yordamlashamiz?" mavzusi berilsa, o'quvchilar aniq bajargan ishlari haqida hikoya qiladilar. Ular mavzuni yaxshi tushunishlari uchun bayon matni qayta hikoya qildiriladi, inshoda esa berilgan mavzu yuzasidan mustaqil hikoyalash mashq qilinadi.
2. Jnshoni asosiy fikrga bo'ysundirish ko'nikmasi. Bolalar ishi ma'-lum fikrni (tabiatning ajoyib tasvirini idrok etish, o'zlarining baxtli hayotidan g'ururlanish, mehnatga va mehnatkash insonlarga muhab-batni) ifodalaydi.
3. Hikoya, insho uchun mavzuga taalluqli, uni yoritishga zarur bo'lgan materialniyig'ish. Bu bayonga ham taalluqli bo'lib, namunaviy matn tahlil qilinadi, mazmunini to'g'ri tushunish ustida ishlanadi, asosiy mazmun ajratiladi.
4. Materialni tartibga solish, uni tegishli izchillikda joylashtirish, matn rejasini tuzish va shu reja asosida yozish ko 'nikmasi.
5. Fikrni adabiy til me'yorlariga rioya qilgan holda to'g'ri ifodalay olish ko'nikmasi. Buning uchun bayon va inshoni nutqiy shakllanti-rishdan oldin unga til tomondan tayyorgarlik ko'riladi.
6. Matnni og'zaki yoki yozma tuzish, inshoni yozish, ya'ni barcha tayyorgarlik ishlarini yakunlash ko 'nikmasi.
7. Yozilgan matnni takomillashtirish ko'nikmasi. Bu ko'nikma o'z ijodiga tanqidiy munosabatda bo'lish asosida tarbiyalanadi. O'quvchilar material tanlashda va uni joylashtirishda, so'z tanlash, so'z birikmasi va gap tuzishda o'zlari yo'l qo'ygan kamchilikni, xatoni fahmlashga o'rgatib boriladi.
O'qituvchidan o'quvchini navbatdagi inshoga tayyorlashda shu mashqning pedagogik maqsadini, o'quvchilarni nimaga o'rgatishni, tafakkuri va nutqini qanday boyitishni, shuningdek, mashqlar izchil-ligida shu inshoning tutgan o'rnini aniq ko'z oldiga keltirish talab etiladi. Shuning uchun o'quvchilarning bog'lanishli nutqini o'stirishga oid mashq turlarining bir yillik rejasini tuzib olish tavsiya etiladi. Rejada o'quvchilar yoshiga mos bayon va inshoning barcha turlari hisobga olinishi zarur.
Metodik an'anaga ko'ra matnli mashqlar tasvirlash, hikoya qilish va muhokamaga bo'linadi. Boshlang'ich sinflarda bular, asosan, tasvir yoki muhokama elementlari bo'lgan hikoya tarzida uchraydi.
Har uchala janr uchun foydalaniladigan material xarakterida ham, qurilishida ham, til vositalarini tanlashda ham o'z xususiyatlari mavjud. Insho yoki bayonga tayyorlanayotganda o'qituvchi (yoki o'quvchi) matnning janr xususiyatlarini hisobga oladi.
Hikoya boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun mos janr hisoblanadi, chunki u jo'shqin, jonli, ta'sirchan bo'ladi. ,,O'qish kitobi"da bunday hikoyalar ko'plab berilgan.
Tasvirda sujet, qatnashuvchi shaxslar bo'lmaydi; unda tabiat, ay-rim predmet va hodisalar tasvirlanadi. O'quvchilar ,,O'qish kitobi"da berilgan ko'pgina tasviriy matnlarni o'qiydilar, ularni qayta hikoya qiladilar, bayon, ayrim narsa yoki hodisalarni tasvirlab insho ham yozadilar. Masalan, ,,Bizning sinfimiz", ,,Bahor keldi" kabi. Tasvirga xos xususiyatlar shundan iboratki, unda sifatlash, taqqoslash, meta-foralar ko'p bo'ladi. Tasvir o'quvchilar uchun hikoyaga nisbatan qiyin janr hisoblanadi, shuning uchun boshlang'ich sinflarda ko'proq tasvir elementlari bo'lgan hikoya tarzidagi bayon va insho yozdiriladi.

Yüklə 55,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə