Jizzax davlat pedagokika instituti


Tanlab hikoya qilish va bayon



Yüklə 55,41 Kb.
səhifə6/14
tarix25.06.2022
ölçüsü55,41 Kb.
#90095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
KURS ISHI

Tanlab hikoya qilish va bayon. Tanlab hikoya qilish matndan tor mavzuga, o'qituvchining topshirig'iga old qismini tanlab qayta hikoyalashdir. Masalan, o'qilgan matndan faqat personajning tashqi ko'rinishi tasvirlangan qismnigina qayta hikoya qilish, faqat ikki personajning uchrashish manzarasini qayta hikoyalash, faqat tabiat tasvirini hikoya qilish va boshqalar.
Tanlab qayta hikoyalashning quyidagicha turlari mavjud:
1. O'qilgan matn qismini yoki bir voqeani unga chizilgan rasm asosida hikoya qilish.
2. O'qituvchi topshirig'i yoki berilgan savol asosida alohida lavhani hikoya qilish.
3. Berilgan mavzu bo'yicha matnning turli qismlaridan olingan parchalarni hikoya qilish. Bu ish tanlab hikoya qilishning murakkab-roq turi hisoblanadi.
Tanlab hikoya qilish uchun o'quvchi matnni boshidan oxiriga-cha qayta o'qib chiqishga yoki yodga tushirishga, kerakli materialni yig'ishga to'g'ri keladi. Buning uchun o'quvchilarga matnni ichda o'qish topshiriladi yoki ovoz bilan tanlab o'qish topshirig'i beriladi. Bunday tanlab hikoya qilish ba'zan yozma bayon sifatida ham o'tkaziladi.
Qisqartirib qayta hikoyalash va bayon. Matn mazmunini qisqartirib qayta hikoyalash va bayon yozish murakkab mantiqiy usullardan foy-dalanishni talab qiladi, shuning uchun ham u to'liq yoki matnga yaqin qayta hikoyalash va bayonga nisbatan qiyin. Bunda matndan ikkinchi darajali o'rinlarni tushirib qoldirib, asosiy, muhim o'rinlar tanlab olinib, hikoya qilinadi. Buning uchun o'quvchining o'zi matnning asosiy mazmunini aniqlashi, bog'lanishli, izchil qayta hikoyalashi, uning
hikoyasi matnni qisqartish tarzida bo'lmasligi, o'zlashtirilgan matnning asosiy mazmunini o'z so'zlari bilan bera olishi zarur. Qisqartirib qayta hikoyalashga o'rgatish uchun bayon mazmunini qisqartirib tuzish oson bo'lgan hikoya tarzidagi matn tanlash tavsiya etiladi. Qisqartirib qayta hikoyalash elementlari 1-sinfdan kiritiladi. O'qilgan matnni tahlil qi­lish jarayonida o'quvchilardan uning bir qismini qisqa — bir gap bilan aytish so'raladi. Keyin o'quvchilarga matnning ikki qismini, nihoyat, butun matnni qisqartib qayta hikoyalash tavsiya etiladi.
O'quvchilar matnni to'liq qayta hikoya qilishga o'rganganlaridan so'nggina matnni qisqartib qayta hikoyalashga o'rgatiladi. Qisqartirib qayta hikoyalash, o'z navbatida, matn rejasini tuzish, ya'ni matn qismlariga sarlavha topish bilan bog'liq, asarning asosiy mazmunini qisqa ifodalash esa matn ustidagi analitik-sintetik ishlarning natijasidir. Ba'zan o'quvchilar asarning asosiy mazmunini (g'oyasini) qisqa, bir gap bilan ifodalashga o'rgatilgach, matn rejasini tuzishga, keyin matn­ni qisqartib qayta hikoyalashga, undan so'ng matn mazmunini to'liq qayta hikoya qilishga o'rgatilishi ham mumkin.
Qayta hikoyalash bog'lanishli nutqni o'stirishning zaruriy bos-qichidir. Boshlang'ich sinflar ona till dasturiga ko'ra, matn mazmunini qisqartirib bayon yozishni 3-sinfda o'rgatish ko'zda tutiladi. Qisqartirib bayon yozishga tayyorgarlik matn qismlariga sarlavha topish, matn rejasini jamoa bo'lib tuzish bilan bog'liq holda 2-sinfdan boshlanadi.
Qisqartirib bayon yozish uchun o'qituvchi yoki o'quvchilarning o'zlari matnni bir-ikki marta o'qiydilar, so'ng matn mazmuni yuzasidan suhbat o'tkaziladi va yoziladigan asosiy fikr hamda tushirib qoldiriladigan o'rinlar ajratiladi. Qisqartirib bayon yozishga og'zaki tayyorgarlik jarayonida matn rejasi tuziladi, lug'at ustida ishlanadi, gap va matnning ayrim qismlari tuzdiriladi. Og'zaki qisqa qayta hikoya-lashdan matnni qisqartib bayon yozishga o'tiladi. Qisqartib bayon yozishga og'zaki tayyorgarlik mashqlari asta kamaytirilib boriladi,

Yüklə 55,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə