Jizzax davlat pedagokika instituti


Ijodiy qayta hikoyalash va bayon



Yüklə 55,41 Kb.
səhifə7/14
tarix25.06.2022
ölçüsü55,41 Kb.
#90095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
KURS ISHI

Ijodiy qayta hikoyalash va bayon. Metodikada ijodiy qayta hikoya­lashning bir necha turi ajratiladi. Boshlang'ich sinflarda ijodiy qayta hikoyalashning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
1. Shaxsini o'zgartirib qayta hikoyalash va bayon. Boshlang'ich sinflarda I shaxs tilidan berilgan hikoyani III shaxs tilidan qayta hikoya qilishdan ko'proq foydalaniladi, ijodiy qayta hikoyalashning bu turida o'quvchilar hikoyadagi gaplarni qayta tuzadilar. Masalan, I shaxs tili­dan berilgan matnni o'quvchilar III shaxs tilidan qayta hikoya qilishlari
uchun o'qituvchi rahbarligida gapning kesimini o'zgartiradilar, unga mos ravishda gapning o'zini qayta tuzadilar; hikoya qiluvchi shaxsning nomini va u yoki ular so'zini ishlatadilar. Shaxsini o'zgartirib qayta hikoyalash va bayon yozish o'qish darslarida olib borilgan bunday og'zaki tayyorgarlikning davomi sifatida o'tkaziladi.
2. Hikoyada ishtirok etuvchi biror personaj tilidan qayta hikoya qilish.
3. Matnni ijodiy to'ldirib qayta hikoyalash. O'quvchilar hikoya mazmunini, sharoitini yaxshi tushunsalargina, uni ijodiy to'ldirib qayta hikoyalay oladilar. Ijodiy qayta hikoyalashning bu turi ham ko'pincha og'zaki tarzda o'tkaziladi.
4. So'z bilan tasvirlash yoki sahnalashtirish. Tjodiy qayta hikoya­lashning bu turi savollar yoki quyidagi kabi topshiriqlarni bajartirish asosida o'tkaziladi: ,,Siz shu vaziyatda o'zingizni qanday sezasiz? Bular rasmda tasvirlangan deb o'ylang. Shu voqealar ko'z oldingizdan o'tyapti, siz ko'ryapsiz, eshityapsiz va o'zingiz tasvirlayapsiz deb o'ylang". O'quvchilarga topshiriq sifatida matndagi tabiat tasviri, qah-ramonlarning tashqi ko'rinishi, portretini so'z bilan tasvirlash berilishi mumkin. Bu asosan og'zaki bajariladi, ayrim hollardagina bayon shaklida yozdiriladi.


Bog’lanishli nutq, og’zaki hikoya va yozma insho
Insho ijodiy ishning eng yuqori shakli bo'lib, maktabda alohida o'rin tutadi; barcha nutqqa oid mashqlar ma'lum mazmunda inshoga bo'ysunadi.
Insho 1 -sinfda kichik og'zaki axborot va ehtirosli hikoyadan bosh-lanib, o'z fikrini ifodalashga, o'quvchi shaxsining tashkil topishiga xizmat qiladigan, ta'lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan jiddiy rejali aqliy ishga aylanadi.
Insho shaxsni shakllantirishda foydali vosita bo'lib, his-hayajon uyg'otadi, aqliy mustaqillikka, fikrlashga, ko'rgan-kechirganlari va o'zlashtirganlarini baholashga, kuzatuvchanlikka, voqea-hodisalar o'rtasidagi sabab-natija bog'lanishni topishga, ularni qiyoslashga, xu-losa chiqarishga o'rgatadi. Insho fikrni tartibga soladi, o'quvchilarda o'ziga, o'z kuchi va imkoniyatiga ishonch tug'diradi.
Insho" SiSli arabcha so'z bo'lib, ma'nosi ,,yaratish", ,,bino qilish", ,,boshlash" demakdir. Bu so'zning ma'nosi hozirda ancha torayib, asosan, o'quvchi va talabalar tomonidan yoziladigan ijodiy yozma ish ma'nosida qo'llanadi.
Insho -- ijodiy ish bo'lib, u o'quvchidan faollik, qiziqish, fikr bildirishni talab qiladi. Material tayyorlash, uni tartibga solish, insho kompozitsiyasi va rejasi haqida o'ylash, mantiqiy bog'lanishni belgi-lash, so'z, so'z birikmasini tanlash, gap tuzish va uni o'zaro bog'lash, imloni tekshirish kabi barcha murakkab ishlar o'quvchidan aqliy ku-chini to'la ishga solish bilan birga, o'z ma'naviy faoliyatini boshqarish ko'nikmasini ham talab etadi.
Inshoda til nazariyasi nutq tajribasi bilan qo'shiladi. O'quvchi in-shoni mustaqil, ijodiy xarakterda bo'lgani uchun, ,,o'ziniki"ni yozgani uchun ham sevadi.
Maktab rivojining barcha bosqichlarida bolalarning mustaqil tuzgan hikoyasi — inshoga alohida ahamiyat berilgan. Maktablar o'quvchilar nutqini o'stirish, aqliy, ijodiy o'sishiga mo'ljallangan yangi dasturga o'tishi munosabati bilan uning ahamiyati yanada oshdi.
Og'zaki va yozma inshoga o'rgatish jarayonida o'quvchilarda mavzuni tushunish va yoritish, o'z inshosini aniq fikrga bo'ysundirish, material to'plash, uni tartibga solish va joylashtirish, reja tuzish va reja asosida yozish, mazmunga va nutq vaziyatiga mos ravishda til vosi-talaridan foydalanish, yozgan inshosini takomillashtirish ko'nikmalari hosil qilinadi. Bulardan tashqari, ,,texnik" vazifalar ham amalga oshi-riladi, ya'ni matnni yozishda imlo qoidalari va husnixatga e'tibor be-rish, matnni xatboshidan yozish, hoshiyaga rioya qilish kabi talablarga ham amal qilinadi.
Og'zaki va yozma insho material manbaiga, mustaqillik darajasiga, tayyorlash usuli, janri va til xususiyatiga qarab tasnif qilinadi.
Insho material manbaiga ko'ra uchga bo'linadi:
1) o'quvchining o'zi ko'rgan-bilganlari, eshitganlari haqidagi, kuzatishlar, ekskursiyalar, o'yinlar, o'z tajribasi va boshqa jonli mate-riallar asosidagi insho;
2) kitob materiali, rasmlar, film, spektakl, o'qituvchi hikoyasi va boshqa manbalar asosidagi insho;
3) turli manbalar materialidan foydalaniladigan insho. Mustaqillik darajasiga, tayyorgarlik ko'rish metodiga ko'ra insho
ikki turli bo'ladi:
1) sinf o'quvchilari uchun timumiy bir mavzu asosida jamoaviy tayyorgarlikdan so'ng yoziladigan insho;
2) alohida mavzu asosida yakka tayyorgarlikdan so'ng yoziladigan individual insho.

Yüklə 55,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə