Jizzax jizzax filiali


Chikago monetarizm maktabi



Yüklə 276,73 Kb.
səhifə97/100
tarix10.02.2022
ölçüsü276,73 Kb.
#83656
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100
ИКТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ AМALIY111 lotin

Chikago monetarizm maktabi

29.4 Neoliberalizmning boshqa oqimlari

29.1 Neoliberalizmning umumiy xususiyatlari



Neoliberalizm keynschilik bilan deyarli bir vaqtda paydo bo'ldi va

  1. asming 30- yillarida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning mustaqil qarashlar majmuasidan iborat. Ilmiy nazariya va amaliy hayotda neoliberal iqtisodiy jarayonlarga davlatning ma’lum darajada aralashuvi tufayli cheklanmagan erkin raqobat g‘oyasining ustuvorligiga asoslanadi. Agar keynschilik iqtisodiyotda davlatning faol aralashuvini boshidanoq zarur deb qarasa, neoliberalizm davlatning nisbatan passiv tartibga solishini qo‘llaydi. Keynschilik modellarida iqtisodiyotning turli sohalarini investitsiyalash, hukumat buyurtma va xaridlari hajmini kengaytirish, soliq siyosatini kuchaytirish bo'yicha davlat chora- tadbirlari majmuasiga ustuvorlik beriladi. Bu siyosatning o‘ta keng qo‘Hanilish oqibatlari iqtisodiy tarixdan ma’lum bo‘lgan davlat budjeti katnomadi va inflatsiyaga olib keUsliida ko‘rinadi.

Neoliberalistlar iqtisodiyotni liberallashtirishni, erkin baho shakllanish prinsiplaridan foydalanishni, iqtisodiyotda xususiy mulk va nodavlat tuzilmalarining yetakchi bo‘lishini qo'llaydilar.

Neohberalizmning eng yirik markazlati Germaniya, AQSH va Angliyada vujudga kelib, shunga muvofiq Frayburg maktabi (yetakchi vakillari - V.Oyken, V.Ryobke, A.Ryustov, L.Erxard va b.), Chikago maktabi, uni «monetar maktab» deb ham ataydilar (yetakchi vakillari - L.Mizes, M.Fridmen, A.Shvari va b.), London maktabi (yetakchi vakillari - F.Xayek, L.Robbins va b.).

Fransiyada neoliberal g'oyalaming taniqli vakillari sifatida iqtisod- chilar J.Ryueff, M.Alle va boshqalami keltirish mumkin. Bu olimlar o‘sha davrdayoq yagona ilmiy-amaliy platformani ishlab chiqish uchun harakat boshladilar. 1938-yih Parijdagi konferensiyada neoliberalizm- ning asosiy prinsiplari xalqaro ko‘lamda e’lon qilindi. Bu neoliberallar- ning yig‘ilishi (forumi) «Lippman kollokviumi» deb ham ataladi. Bu- ning sababi shuki, o‘shayili amerikalik iqtisodchi AUolter Lippman «Erkin shahar» kitobini e’lon qildi va undagi g'oyalar neoliberal prin- siplar bilan hamohangdir. Parijdagi qo‘llab-quwatlangan neoliberal umumiy prinsiplaming mohiyati shundan iboratki, davlatlar erkin raqobat qoidalarini qaytarishga g'amxo'rlik qihshlari va ulami barcha xo'jalik subyektlari tomonidan bajarilishini ta’minlashlariga ko‘maklashuvi so'raladi. Bu hujjatda xususiy mulk ustuvorligi sharti, bitimlar erkinligi va bozorlar erkinligi davlat yo‘li bilan faqat ekstremal (urush, stixiyali ofat, falokat va b.) holatlardagina qayta ko‘rilishi mumkin deb hisoblanadi.




    1. Yüklə 276,73 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə