Jizzax jizzax filiali


Ijtimoiy bozor xo'jaligi konsepsiyasi



Yüklə 276,73 Kb.
səhifə98/100
tarix10.02.2022
ölçüsü276,73 Kb.
#83656
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100
ИКТИСОДИЙ ТАЪЛИМОТЛАР ТАРИХИ AМALIY111 lotin

Ijtimoiy bozor xo'jaligi konsepsiyasi

II Jahon urushidan so‘ng neoliberalizm prinsiplari dastlab G‘arbiy Germaniya (GFR) da amaliy jihatdan muvaffaqiyati tatbiq etildi. Bu yerda 1948-yildan boshlab bu g'oyalar Adenauer-Erxard davlat doktrinasi statusiga aylantirildi. Neoliberalizmning taniqli nemis nazariyotchilari V.Rebke, A.Ryustov va boshqalar ozodlik va insonparvarlik bahonasida monopolizm vujudga kelishining barcha ko‘rinishlarini tanqidiga boshchilik qildilar. V.Oyken va uning safdoshlari Frayburg universitetida 1948-yildan «Ordo» nomli yillik to‘plamni chiqara boshladilar, bu jumal barcha davlatlar uchun neoliberalizning nazariy minbari rolini o‘ynaydi. V.Oyken tomonidan tanlangan «Ordo» so‘zi yig‘ma bo‘lib. erkin bozor xo'jaligining «tabiiy tizimi» ma’nosini beruvchi mazmunga ega edi. Neoliberalizm G'arbiy Germaniya doktrinasi «Oyken maktabi» ta’siri ostida hatto «Ordoliberalizm» deb atala boshlandi.

«Ijtimoiy bozor xo'jaligining» mohiyati

GFR neoliberalizm nazariyotchilari «erkin bozor» va adolatli taq­simot prinsiplarini «ijtimoiy tenglik» prinsipi g'oyasi bilan qo'shishga muvafFaq bo'ldilar. Birinchi marta uning konseptual g'oyasi AMyuller- Armakning «Xo'jalik boshqaruvi va bozor xo'jaligi» (1947) kitobida izohlanadi, bunda «Ijtimoiy bozor xo'jaligi» matni ham birinchi bor qo'llanilgan. Bu sohadagi ishlanmalar V.Rebke, L.Erxard, V.Oyken (asli tarixchi) va boshqalar tomonidan davom ettirildi.

V.Rebkening «Nemis iqtisodiy siyosati to‘g'rimi?»(1950) degan kitobi muqaddimasida GFR kansleri K.Adenauer «ijtimoiy bozor xo'jaligi» modeU mamlakat iqtisodiy siyosatining asosiy vazifasi sifatida qilinganligini bayon etadi.

V. Rebke xarakteristikasi bo'yicha, «ijtimoiy bozor xo'jaligi» - «iqtisodiy insonparvarlik» sari yo'ldir. U o'zining «Insonparvar jamiyat» asarida kollektivizmga — personalizm, hokimiyat konsentratsiyasiga — erkinlik, sentralizmga — detsentralizm, tashkilotchilikka — o‘zini-o‘zi boshqarishni qarshi qo'yadi va boshqalar. 1957-yilda XDSning navbat- dagi syezdida L.Erxard, V.Rebke g‘oyalarini qo‘llagan holda GFR da «ij'timoiy bozor xo‘jaligi»ning 2- bosqichi boslilanganligini tasdiqladi. 60-yillarda L.Erxard o‘z maqolasida, awalo, «erkin musobaqa ijtimoiy bozor xo‘jaligining eng asosiy elementi hisoblanadi» deb ta’kidlangan edi. 1965 yilda partiyaning navbatdagi syezdida L.Erxard GFRda «Ijtimo­iy bozor xo‘jaligi» ni tashkil etish dasturining nihoyasiga yetganli- gini e’lon qildi. Bu dastur mamlakatni «rasmiylashgan jamiyat»ga aylantirildi.

60-70-yillarda neoliberalizm konsepsiyasi «ijtimoiy bozor xo‘jaligi» modelini yaratish va amalga oshirish prinsiplari institutsionalizm - ning «barcha uchun farovonlik jamiyati» konsepsiyasi bilan hamo- hangdir. Chunki ikkala modelda insonni inson tomonidan ekspluatatsiya qilinishi va sinfiy antegonizm inkor etiladi. Bu modellardan tashqari, davlatning faol ijtimoiy vazifasi g‘oyasi bor. Davlat barcha fuqarolarga ijtimoiy xizmatni olish va ular farovonligini oshirish uchun teng huquq va imkoniyatlar yaratishi zarurdir. Bunda jamiyatning turli qatlamlarida aksionerlar sonining ortishi bilan birga, barcha ijtimoiy institutlar barqarorligining o‘sishi, asosiy mehnatkash aholining ertangi kunga ishonchi va boshqalar ko‘zda tutiladi.


    1. Yüklə 276,73 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə