Jizzax politexnika instituti


Bu Joul-Lenz qonuni qayerda foydali bo'lishi mumkin?



Yüklə 8,44 Mb.
səhifə11/51
tarix05.05.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#108659
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   51
xamidxonga

Bu Joul-Lenz qonuni qayerda foydali bo'lishi mumkin?


Elektrotexnikada simlar orqali oqadigan elektr energiyani uchraydigan qarshilik evaziga ajralib chiqadigan issiqlik miqdori, tenlarda, qarshilik issitish pechlarida ishlatiladi. Ushbu qonun asosida uzatilayotgan elektr energiyaning kuchlanishi kuchlanish qotoriga muofiq tarzda oshirilib tok kuchi tushiriladi iloji boricha, shunda yo’qotish tushirilgan tok kuchining kvadrati tarzida kamayadi. Shuning uchun kuch transformatorlaridan juda ko`p foydalaniladi.
2.3 ELEKTROMAGNIT INDUKSIYA HODISASI
Faradey elektr va magnit hodisalarini o’zaro chambarchas bog’liq deb hisoblab, magnit maydonining elektr ta’sirini o’rganish bo’yicha juda ko’p tajribalar o’tkazdi. Yillar davomida qunt bilan o’tkazilgan tajribalar natijasida 1831-yil elektromagnit induksiya hodisasini kashf etdi. Har qanday o’tkazuvchan berk konturda u o’rab turgan sirt orqali o’tayotgan magnit oqimi o’zgarganda, shu konturda tok hosil bo’lishini aniqladi. Bu hodisa elektromagnit induksiya hodisasi, tok esa induksion tok deb aytiladi.
Doimiy magnit tayoqcha galvanometrga ulangan g’altak ichiga kiritilishi va chiqarilishida konturda induksion tok hosil bo’ladi (1.4-rasm).

1.4-rasm
Demak, magnit oqimining o’zgarishi konturda tok hosil qiladi. Tajribalar ko’rsatishicha, induksion tokning kattaligi magnit oqimiga emas, balki magnit oqimining o’zgarish tezligi va ishorasiga proporsional bo’lib, uni qanday yo’l bilan o’zgartirishga bog’liq bo’lmaydi.
Lenz (1833-y.) induksion tok yo’nalishini aniqlashga imkon beruvchi tajribani amalga oshirib ko’rdi. Agar doimiy magnit qutblaridan biri berk halqaga yaqinlashtirilsa, halqada induksion tok hosil bo’lib, bu tokning magnit maydoni doimiy magnit maydonini konpensatsiyalaydi, sistema muvozanat vaziyatidan og’adi. Magnit qutbi ochiq halqaga yaqinlashtirilsa, hech qanday o’zgarish yuz bermasdan qoladi (1.5-rasm).

1.5-rasm. 1.6-rasm.
Tajriba natijalarini umumlashtirib, induksion tok shunday yo’nalgan deyish mumkinki, uni hosil qilgan magnit maydon induksiyasi, induksion tokni vujudga keltirayotgan magnit induksiyasini hamma vaqt konpensatsiyalaydi. Yopiq konturda indusion tok shunday yo’nalganki, u o’zining magnit maydoni bilan uni hosil qiluvchi magnit maydon o’zgarishiga qarshilik ko’rsatadi. Amalda induksion tok yo’nalishini aniqlash uchun ma’lum qoida ishlab chiqilgan. U o’ng qo’l qoidasi deb yuritiladi (1.6-rasm). O’ng qo’l kaftiga magnit induksiya chiziqlari kiradigan qilib joylashtirilsa, bosh barmoq o’tkazgich harakati yo’nalishini ko’rsatib, to’rttala barmoq induksion tok yo’nalishini ko’rsatadi.

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə