Jizzax politexnika instituti


Induksiya elektr yurituvchi kuch



Yüklə 8,44 Mb.
səhifə12/51
tarix05.05.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#108659
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   51
xamidxonga

Induksiya elektr yurituvchi kuch. Faradey tajribalaridan ma’lumki, magnit oqimining o’zgarishi konturda tokni induksiyalaydi. Demak, konturda induksiya elektr yurituvchi kuch (E.Yu.K.) hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan E.Yu.K. magnit oqimining o’zgarish tezligiga proportsionaldir. dФ/dt. Bu bog’lanishni ifodalash uchun bir jinsli magnit maydonida berk konturning dl elementini -tezlik bilan ko’chirilishini kuzatamiz. (1.7-rasm) Magnit maydonida konturning dl elementi, shuningdek uning tarkibidagi zaryadli zarrachalar ham shu tezlik bilan ko’chadi. Ularga Lorens kuchi ta’sir etishi tufayli
(1.6)
(1.7)
(1.8)

1.7-rasm
kuchlanganligi -ga ekvevalent noelektrostatik maydon hosil bo’ladi. Bu maydon kuchlanganligining kontur bo’yicha sirkulyatsiyasi induksiya E.Yu.K.ni hosil qiladi:
(1.9)
(1.8) dagi kontur yuzining o`zgarishini hisobga olib,
(1.10)
(1.10) dagi -magnit oqimining o’zgarishini bildiradi.
; 1B = 1 Vb/sek yoki (1.11)
Agar, >0 bo’lsa, induksiya E.Yu.K. konturni aylanish yo’nalishiga teskari yo’nalishda ta’sir etadi va aksincha bo’ladi.
O’zinduksiya hodisasi. Istalgan berk konturdan o`tayotgan o’zgaruvchan tok shu kontur bilan chegaralangan sirtni kesib o’tuvchi o’zgaruvchan magnit induksiya oqimini hosil qiladi. Natijada shu konturda tok induksiyalanadi. Shunday qilib, tokning o’zgarishi tufayli shu konturning o’zida induksion E.Yu.K. ning hosil bo’lish hodisasiga o’zinduksiya hodisasi deb yuritiladi.
Magnit oqimi (Ф) magnit induksiyasi (B) va tok kuchi (I)ga to’g’ri proporsionaldir.
Ф=B·I yoki Ф=LI (1.12)
I=1A bo’lganda, berilgan kontur bo’yicha magnit oqimi qanchaga o’zgarishini ko’rsatadigan L-kattalik konturning induktivligi deyiladi. Ma’lumki, solenoid maydoni induksiyasi
(1.13)
Har bir o’ram orqali o’tgan oqim Ф1=BS bo’lsa, to’la oqim:
(1.14)
uzunlik birligidagi o’ramlar soni -dan foydalanib:
(1.15)
(1.15 ) ni (1.12) bilan taqqoslab, induktivlik uchun:
(1.16)
(1.16) ni hisobga olib induksiya E.Yu.K.
(1.17)
(1.17) dan:
(1.18)
Induktivlik birligi qilib, 1 Genri qabul qilingan.
(1.19)
Tok kuchi 1 sekundda 1 A ga o’zgarganda uchlarida 1B induksiya E.Yu.K. hosil qiladigan g’altakning induktivligi 1 Genri bo’ladi.

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə