Journal of new century innovations


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 393,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix28.11.2023
ölçüsü393,74 Kb.
#132935
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
217-227

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/ 

Volume–28_Issue-1_May_2023 
221 
banklarda valyuta schotlarida xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari mavjudligi va 
harakati haqidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. 
Valyuta schotlari bo‘yicha muomalalarni amalga oshirish va rasmiylashtirish 
tartibi O‘zbeksiton Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat Soliq Qo‘mitasi va 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me’yoriy hujjatlari bilan tartibga 
solinadi. Valyuta schotlari bo‘yicha muomalalarni hisobga olish uchun schotlar 
rejasida 52 "Valyuta schoti" belgilangan. 52 "Valyuta schoti"ning debetida 
korxonaning hisob-kitob schotlariga pul mablag‘larining kelib tushishi aks ettiriladi. 
Ushbu schotning kreditida esa korxonaning valyuta schotlaridan pul mablag‘larining 
hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Korxonaning valyuta schotlari krediti yoki debetiga 
xato yozilgan va bankning ko‘chirmalarini tekshirishda aniqlangan summalar 63 
"Da’volar bo‘yicha hisob-kitoblar" schotida aks ettiriladi. Valyuta schotlari buyicha 
muomalalar buxgalteriya hisobida bankning ko‘chirmalari va ularga ilova qilingan 
pulli hisob-kitob hujjatlari asosida aks ettiriladi. Amaldagi qonun va me’yeriy 
hujjatlarda har qanday korxonaga chet el valyutasidagi pul mablag‘lariga ega bo‘lish 
va u bilan xo‘jalik muomalalarini amalga oshirishga ruxsat etilgan. 
Chet el valyutasidagi muomalalarni rasmiylashtirish bankda joriy valyuta schotini 
ochish zarur. Korxonaga valyuta muomalalarini amalga oshirishga xizmat qiluvchi 
bank O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan valyuta muomalalarini amalga 
oshirish uchun maxsus ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega bo‘lishi shart. Shunday 
ruxsatnomaga ega bo‘lgan banklarni – “vakillik banklari” deyiladi. Korxonalar 
o‘zlarining valyuta schotlarini faqat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
blyutenida 
boriladigan 
chet 
el 
valyutalarida 
ochish 
mumkin. 
Valyuta schotini ochish uchun korxona bankka quyidagi hujjatlarni topshirishi zarur: 
1.
Valyuta schotini ochish uchun ariza. 
2.
Ta’sis hujjatlarining nusxasi (ustav, ta’sischilar shartnomasi, ular notarial 
idoralar tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi shart). 
3.
Registratsiyadan o‘tganligi haqidagi hujjatlarning notarius tomonidan 
tasdiqlangan nusxasi. 
4.
Korxona soliq inspeksiyasida hisobga olganligi va pensiya fondida 
registratsiyadan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma. 
5.
Korxona boshlig‘i va bosh buxgalterning imzolari va aylanma muhr bosilgan 
kartochka. Ushbu kartochka notarius tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi zarur. 
Valyuta schoti ochilgandan so‘ng bank va uning mijozi o‘rtasida hisob-kitob 
kassa xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma imzolanadi. Unda bank ko‘rsatilgan 
xizmat turlari, ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lanadigan haqlar, mablag‘larni 
joylashtirish shartlari, tomonlarning huquq va burchlari va boshqalar ko‘rsatiladi. 
Barcha korxonalar mulkchilik shaklidan qat’iy nazar O‘zbekiston Markaziy banki 
tomonidan o‘rnatilgan kurslar bo‘yicha Respublika valyuta fondiga eskport 



Yüklə 393,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə