K. A. Agzamov topografik anatomiyadan amaliy qo‘llanma prof. I. Q. Qosimxo‘jaуev



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə116/124
tarix27.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#162789
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   124
Anatomiyadan amaliy-fayllar.org

Yorg’oq (scrotum). Yorg’oq - erlik olatining ildizi bilan oraliq o’rtasida joylashgan teri xaltachadir. Uning ichi to’siq bilan ikkiga bo’lingan bo’lib, har birida siyrak yog’ va qo’shimcha to’qimaga o’ralgan moyak va moyak ortig’i hamda urug’ tizmasining oxirgi uchlari yotadi. Yorg’oqning terisi pigmentga boy bo’lib, organizmning boshqa joylaridagi teridan o’zining yupqaligi, cho’ziluvchanligi bilan farq qiladi. U ter va yog’ bezlariga boy. Yorg’oqning o’rtasidagi chok (raphe scroti) uni ikkiga bo’ladi.
Yorg’oq terisi ostida yog’ qavati bo’lmaydi. Uning o’rnida go’shtdor qavat (tunica dartos) bo’lib, u teri bilan mustahkam birikkan bo’ladi. Bu qavat yorg’oqning ichida o’simtalar chiqarib o’rta chiziqda to’siq (septum scroti) hosil qilib, yorg’oq bo’shlig’ini ikkiga bo’ladi. Go’shtdor qavatning ostida bir necha qavat bo’lib, fastsiyalar yotadi.
Ularning eng yuzakisi yorg’oqning tashqi urug’ fastsiyasi (fascia spermatica externa), qorin devoridagi yuzaki fastsiyaga to’g’ri keladi. Keyin moyakni ko’taruvchi mushakning fastsiyasi (fascia cremasterica) keladi. Bu fastsiya oyoqchalararo (chov kanaliga qaralsin) fastsiya (fascia intercruralis) ning davomi bo’lib, uning ostida moyakni ko’tarib turuvchi mushak (m. cremaster) yotadi. Bu mushak qorin ichki qiyshiq va ko’ndalang mushaklar tolalaridan hosil bo’ladi. Keyingi qavat ichki urug’ fastsiyasi (fascia spermatica interna) deyilib, qorin ko’ndalang fastsiyasining davomidir. U moyakning seroz qobig’ini va urug’ tizmasini o’raydi.
Bularning ostida moyakning g’ilof pardasi (tunica vaginalis testes) yotib, qorin pardaning qinli o’simtasidan hosil bo’ladi. Buning ikkita varag’i (parietal va vistseral varag’lari) bo’lib, vistseral varag’i moyakning oqsil pardasi (tunica albuginea) bilan mustahkam birikkan bo’ladi. (55- rasm). Parietal va vistseral varaqlar orasida bo’shliq (cavum vaginale) bo’lib, patologik jarayonlarda bu yerga suyuqlik yig’iladi (moyak istiskosi).
Yorg’oq ikki guruh arteriyalardan qon bilan ta`minlanadi. Birinchi guruhdagi arteriyalarga yorg’oqning oldingi arteriyasi (a. scrotalis anteriores - tashqi uyatli arteriyadan) va yorg’oqning orqa arteriyasi (a. scrotales posteriores - oraliq arteriyasidan) kiradi. Bularning ikkalasi ham yorg’oq terisini qon bilan ta`minlaydi. Ikkinchi guruhga kiruvchilar uning qolgan ichki qavatlarini qon bilan ta`minlab, bularga a. cremastericaning (qorin tepasi, ichki arteriyasining tarmog’i) bir nechta tarmoqlari kiradi.
Yorg’oq venalari juda ko’p vena chigallari va anastomozlarni hosil qiladi. Undagi vena qoni ko’pgina vena tomirlari orqali erlik olati, oraliq va son venalariga, qorin devorining pastki sohalariga, ichki va tashqi uyatlik venalariga quyadi. Limfa yo’llari ham erlik olati, chov limfa tugunlariga ochiladi. Uning innervatsiyasi oldingi va orqa yorgoq nervlari (nn. scrotales anterior et posterior) hisobiga bo’lib, birinchisi - r. genitalis n. genitofemoralisdan, ikkinchisi - r. perinealis n. pudendis dan chiqadi. Bundan tashqari, pastki qorin chigali boshqa qavatlarini innervatsiya qiladi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə