K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/307
tarix24.05.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#112697
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   307
4-Buxgalteriya-hisobi-va-audit.-K.B.-Urazov-2004-oquv-qollanma

Doimiy schyotlar
deganda hisobot davrining oxirida qoldiqqa ega bo‗ladigan va 
buxgalteriya balansida aks ettiriladigan aktivlar, xususiy kapital va majburiyatlarni 
hisobga olishga mo‗ljallangan schyotlar tushuniladi.
Tranzit schyotlar
deganda hisobot davrida korxonaning daromad va harajatlarini 
hisobga olish uchun qo‗llanilib, hisobot davrining oxirida yopilib ketadigan va qoldiqqa 
ega bo‗lmaydigan schyotlar tushuniladi. 
Balans tomonlarida joylashishiga ko„ra
buxgalteriya hisobi schyotlari aktiv, 
kontraktiv, passiv, kontrpassiv schyotlarga bo‗ linadi. 
Aktiv schyotlar – 
korxona aktivlarini aks ettirishga muljallangan schyotlar.
Passiv schyotlar –
korxona aktivlarini tashkil topish manbalarini ko‗rsatuvchi 
xususiy kapital va majburiyatlarni aks ettirishga muljallangan schyotlar.
Kontraktiv schyotlar – 
korxona aktivlarining sof qiymatini topishda chegirib 
tashlanadigan summalarni aks ettirishga mo‗ljallangan schyotlar. 
Kontrpassiv schyotlar
– korxonaning xususiy kapitali va majburiyatlarining sof 
qiymatini topishda chegirib tashlanadigan summalarni aks ettirishga mo‗ljallangan
schyotlar. 
Balansga summasi kiritilishiga ko„ra

buxgalteriya hisobi schyotlari balans va 
balansdan tashqari schyotlarga bo‗linadi. 
Balans schyotlari
–bu qoldiqlari balansga kiritiladigan schyotlar. Aktivlar, 
majburiyatlar va xususiy kapitalni aks ettirishga mo‗ljallangan barcha schyotlar balans 
schyotlari hisoblanadi. 
Balansdan tashqari schyotlar –
korxonada vaqtinchalik saqlanayotgan, 
foydalanilayotgan, lekinda unga tegishli bo‗lmaganligi uchun balansga kiritib 
bo‗lmaydigan aktivlarni, shartli huquq va majburiyatlarni aks ettirishga mo‗ljallangan 
schyotlar. 
Ma‟lumotlarni jamlash darajasiga ko„ra
buxgalteriya hisobi schyotlari sintetik va 
analitik schyotlarga bo‗ linadi. 

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə