K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/307
tarix24.05.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#112697
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   307
4-Buxgalteriya-hisobi-va-audit.-K.B.-Urazov-2004-oquv-qollanma

Sintetik schyotlar 
– bu ma‘ lumotlarni faqat pul ifodasida qayd etib va jamlab 
beruvchi schyotlar. Ular asosida yuritiladigan hisob 
sintetik hisob
deb ataladi. 21- son 
BHMSda ko‗rsatilgan barcha schyotlar sintetik schyotlar hisoblanadi. Demak, davlat 
tomonidan faqat sintetik schyotlar reglamentlash-tiriladi. 
Analitik schyotlar – 
bu ma‘lumotlarni turli batafsilliklarda va turli o‗lchov 
birliklarida qayd etib va jamlab beruvchi schyotlar

Ushbu schyotlar asosida yuritiladigan 
hisob 
analitik hisob
deb ataladi. Analitik schyotlar korxonalar tomonidan mustaqil 
ravishda ochiladi va yuritiladi. Analitik schyotlar summalarining yig‗indisi sintetik schet 
summasiga teng bo‗lishi lozim. Masalan, korxonaning № 6010 «Ta‘ minotchilar va 
pudratchilarga to‗ lanadigan schyotlar» sintetik schyotida aks ettirilgan jami qarzlarining 
summasi ushbu schyotga ochilgan
analitik schyotlar (ushbu holda alohida ta‘minotchilar) ning qarzlari summasining 
yig‗indisidan iborat bo‗ lishi kerak.
21- son BHMS ga muvofiq schyotlar 4 xonali sonlar bilan raqamlanadi. 
Buxgalteriya hisobi va hisobotini kompyuterlarda yuritishda ushbu raqamlarni 
seriyalarga ajratish muhim rol o‗ ynaydi. Jumladan, moliyaviy hisobot shakllarini tuzish 
uchun schyotlarning 4 xonali sonlaridagi birinchi ikkitasi yetarli hisoblanadi, chunki 


33 
aynan shu birinchi ikkita raqamlar hisobotda aks etuvchi ko‗rsatkichlarning umumiy 
summalarini ifodalaydi, masalan 01- seriyali raqam asosiy vositalar bo‗ yicha 
yuritiladigan barcha sintetik schyotlarning ( 0110-0199) ma‘lumotlarini , 90- seriyali 
raqam sotishdan olingan daromadlar bo‗ yicha yuritiladigan barcha sintetik 
schyotlarning ( 9010-9030) ma‘lumotlarini jamlab beradi. 
21- son BHMS sifatida tasdiqlangan schyotlar rejasi kitobga 1- ilova qilib 
keltirilgan.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə