K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar


Dvigatelning ishlash jarayonida moylarning



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/284
tarix11.05.2022
ölçüsü6,9 Mb.
#86778
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   284
ишлатиладиган газлардаги зарарли моддалар

 Dvigatelning ishlash jarayonida moylarning
boshlang‘ich xossalarining o‘zgarishi
Har qanday mexanizm yoki ishqalanish jufti ishlaganida, surkov 
moylarining xossalari o‘zgaradi: ular mexanik aralashmalar, suv bi-
lan ifloslanadi, ularda erigan va erimagan oksidlanish mahsulotlari 
to‘planadi. Bu holda ish jarayonida moy «eskirdi» deyiladi. Ozgina 
vaqt ishlaganida dvigatel karteridan olingan moy tashqi ko‘rinishi 
va xossalari jihatidan yangi moydan ancha farq qiladi. 
Moyning sifati oksidlanish jarayoni va undagi uglevodorodlar-
ning issiqlik ta’sirida parchalanishi hisobiga anchagina o‘zgaradi. 
Ba’zi oksidlanish mahsulotlari (smolalar, organik kislotalar) 
moyda erigan holda bo‘ladi. Ular moyning qovushoqligini va kis-
lota sonini oshiradi. Asfalt birikmalari ko‘rinishidagi boshqa oksid-
lanish mahsulotlari loklar, yopishqoq cho‘kindilar hosil qiladi. Bu 
lok va cho‘kindilar porshen halqalariga yopishib, ularni kuydiradi 
va katta zarar yetkazadi. Oksidlanish mahsulotlarining anchagina 
qismi erimagan barqaror juda mayda mexanik aralashma ko‘ri-
nishida  bo‘lib,  qurum  hosil  bo‘lishida  qatnashadi.  Filtrlash  yo‘li 
bilan moyni ulardan batamom tozalab bo‘lmaydi, shuning uchun 
dvigatel ishlaganida uglerod zarralarining miqdori ortadi. 
Motor  moylari  ifloslangan  yonilg‘idan  foydalanilganida,  shu­
ningdek, yonilg‘i yonishi uchun havo so‘rilganida u bilan birga ki-
radigan changlar hisobiga ham ifloslanadi. 
Ishqalanish natijasida sirtlardan qirilib tushadigan metallar hiso-
biga mexanik aralashmalar miqdori ko‘payadi. 
Metalldan ham qattiq bu abraziv mexanik aralashmalar detallar-
ning yeyilishini tezlashtiradi. Ularning asosiy qismi dvigatelning 
moy tozalash qurilmalarida ushlanib qoladi, lekin juda maydalari 
moylash tizimida uzoq vaqt aylanib yurishi natijasida detallar jadal 
yeyiladi. Moyning haddan tashqari ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik 
uchun dvigateldagi moy tozalash qurilmalari holatini sinchiklab 
tekshirib turish, mayin tozalash filtrlarini o‘z vaqtida almashtirib 
turish zarur. 
135
Ishlayotgan moylarda hamisha suv to‘planadi. U ko‘pincha 
yonish kamerasidan kiradigan gazlar bilan birga tushadi. Bundan 
tashqari, suv dvigatel karteriga ba’zan suv bilan sovitish tizimida-
gi nozichliklar orqali, harorat pasayganida havo bug‘lari konden-
satsiyalanishi hisobiga ham tushishi mumkin. Suv moyning kor-
roziyalash xususiyatini oshiradi. Shu sababli suv to‘planmasligi 
uchun karter ventilatsiyasi tizimining benuqsonligini kuzatib turish 
zarur. 
Ishlatilgan  moylarda  sulfat  va  sulfit  kislotalari  ham  uchrashi 
mumkin. Ular yonilg‘idagi oltingugurt yonganida hosil bo‘ladi. Bu 
kislotalar korrozion yeyilishni tezlashtiradi. Aytib o‘tilgan o‘zga-
rishlar har qanday dvigatellarda ishlatiladigan moylar uchun xos-
dir. Lekin ulardan har birining o‘ziga xos xususiyatlari ham bor. 
Masalan,  benzinli  dvigatellarda  moyning  xossalari  ifloslanish  va 
oksidlanish hisobiga yomonlashishidan tashqari, ularda og‘ir ben-
zin qoldiqlari to‘planishi tufayli ham yomonlashishi mumkin. Bu-
ning natijasida moyning qovushoqligi pasayadi, moylash xususiya-
ti yomonlashadi va suyuqlikli ishqalanish buziladi. 
Yonilg‘ining chala yonish mahsulotlari (qurum zarralari), 
shuningdek, oltingugurt oksidlari bilan ifloslanish natijasida ham 
moyning sifati ancha o‘zgaradi. Mineral kislotalar to‘planishi nati-
jasida bu yerda moyning korroziyalash xususiyati ortadi. 
Dvigatelning texnik holati ham moy xossalarining o‘zgarishiga 
ancha ta’sir ko‘rsatadi. 
Moy  eskirishi  va  ifloslanishi  natijasida  uning  tashqi  ko‘rini
-
shi ham o‘zgaradi – u qorayadi. Ishlatilgan moy tomchisini kat-
talashtirib qaraganda, erimagan turli o‘lchamdagi ko‘plab zarralar 
ko‘rinadi.  Dvigatelda  ancha  iflos  moydan  foydalanilganida  unda 
tezda qurum va loklar hosil bo‘ladi va ular dvigatelning ish jarayo-
niga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Dvigatel  ishlayotganida  moyning  kuyishi  oqibatida  moyga 
qo‘shilgan qo‘shilmalar kamayadi. Qo‘shilmalarning kamayishi 
natijasida moyning ko‘pgina ko‘rsatkichlari o‘zgaradi: ishqor soni 
kamayadi, yuvish xossalari yomonlashadi, korroziyalash xususiya-
ti ortadi va hokazo. 


136
Shunday qilib, ishlatilgan moyda katta o‘zgarishlar bo‘ladi: moy-
dagi uglevodorodlarning o‘zgarish mahsulotlari to‘planadi, ha   vo va 
yonilg‘i bilan birga kiradigan begona moddalar hisobiga ifloslanadi, 
agressiv birikmalar miqdori ko‘payadi. Agar dvigatel uchun moy 
noto‘g‘ri tanlangan bo‘lsa va uning sifati tegishli standart talab lari-
ga javob bermasa, moyning sifati tezroq yomonlashadi. 
Dvigatellarda ishlatilgan moy sifatida katta o‘zgarishlar bo‘lishi
-
ga qaramasdan, uning asosiy uglevodorod tarkibi juda kam o‘zga-
radi. Moydan umumiy miqdorda 4–6 foiz dan oshmaydigan barcha 
mexanik aralashmalar va oksidlanish mahsulotlarini chiqarib tash-
lab, yana yaxshi sifatli baza moy olish mumkin. 
5. 1. 12.

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə