90
langan darajada siqish darajasining ortishi gaz bilan ishlovchi dvi-
gatellar quvvatining benzin bilan ishlovchi dvigatellarga nisbatan
biroz (5–7 foizga) kamayishini to‘la kompensatsiya qilish imkonini
beradi.
Davlat standarti talablariga muvofiq, suyultirilgan gazlar uch xil
markada chiqariladi: texnik propan, texnik butan va ularning ara-
lashmalari. Texnik propanni qishda, texnik butanni yozda, ularning
aralashmalarini esa yil davomida ishlatish mumkin. Texnik pro-
panda propan fraksiyalari hajm bo‘yicha kamida 93 foizni, texnik
butanda butan fraksiyalari 93 foizni tashkil etadi, qolgan 7 foizini
esa yengil gazsimon uglevodorodlardan iborat aralashma tashkil
qiladi. Tabiiy suyultirilgan gazlarning hidi ham, rangi ham bo‘lma-
gani uchun ularga oz miqdorda o‘tkir hidli gazsimon moddalar
qo‘shiladi. Bu moddalar sizib chiqib to‘plangan gaz hidini sezishga
imkon beradi.
Gaz har qanday idishga hajmining ko‘pi bilan 90 foizigacha
miqdorda to‘ldiriladi, shunda idishning yuqori qismida gaz to‘pla-
nishi uchun bo‘shliq qoladi.
Dostları ilə paylaş: