Kadirov tulkin baxridinovich


-rasm. Elektron resursning maqolalar, kitoblar saxifasi



Yüklə 3,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/52
tarix29.07.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#120095
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   52
UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISh JARAYONIDA UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI O‘QITUVCHILARINING MEDIAKOM (1)

3.3-rasm. Elektron resursning maqolalar, kitoblar saxifasi 
Ushbu yaratilgan elektron qo‘llanmada ta’lim jarayonida elektron axborot 
ta’lim resurslaridan unumli foydalanish natijasida o‘qituvchi va foydalanuvchilar 
o‘quv materialini tez va qulay usulda, ya’ni ko‘rish, eshitish orqali chuqurroq va 
mukammalroq o‘zlashtirish imkoniyati vujudga keladi. Tajriba-sinov ishlari 
Surxondaryo, Jizzax, Navoiy VPYaMO‘MMlarida o‘tkazildi. 
3.2-jadval 
Tariba-sinov jarayonida ishtirok etgan tinglovchilar soni 
№ 
Milliy markazlar nomi 
Tajriba guruhi 
Nazorat guruhi 
1.
Surxondaryo VPYaMO‘MM 
148 
142 
2.
Jizzax VPYaMO‘MM 
136 
130 
3.
Navoiy VPYaMO‘MM 
125 
120 
Jami: 
409 
392 
Aniqlash va izlanish bosqichini amalga oshirish uchun pedagoglarni yangi 
metodikalarga o‘rgatish milliy markazlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurci 
tinglovchilar guruhlari tanlanib, ular ikkiga bo‘lindi. Ularning biri tajriba guruhi
ikkinchisi esa nazorat guruhiga ajratildi. Tinglovchilar uchun yaratilgan 
http://www.mediakom.uz saytidagi matеriallаrdаn fоydalanish imkоniyati, ya’ni 
ахborotni tоpishi, qayta ishlashi, kasbiy fаоliyat uchun bоyitishi va o‘quv 
mashg‘ulоtlarida o‘quvchilarga yetkаzib berа оlishi kuzatildi. Tinglovchilarning 
mediabilimi, media axborotni tahlil eta olishi, mediakuzatuvchanligi o‘rganildi va 
ularni qo‘llashning darajalari aniqlandi. 


106
Mediabilim: 
Past
 
– uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida mediaaxborotlarni izlab 
topish uchun aniq xarakatni amalga oshirishga urinmadi; 
O‘rta
 
– uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida mediaaxborot-larni izlab 
topish uchun asosan qanday manbalardan foydalanishni bilmaydi; 
Yuqori – uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida mediavositalar bilan 
ishlay olish malakasiga ega bo‘ladi va mashg‘ulotlar davomida qo‘llay oladi, Kurs 
davomida raqobatlashadigan muhit yarata oladi. 
Mediaaxborotni tahlil; 
Past – mediatahdidning zarari to‘g‘risida tushunchaga ega lekin uning 
jamiyat uchun, o‘quvchilar uchun zararini ajrata olmaydi. 
O‘rta – ayrim mediatahdidlarni biladi va tushunadi, tahlil qila oladi. 
Yuqori – mediatahdidlarni biladi va tushunadi, tahlil qila oladi va 
mediaxavfsizlikni oldini olish uchun shaxsiy tashabbus ko‘rsata oladi. 
3. Yakunlovchi bosqichida (2022-y.). Tajriba-sinov ishlari natijalari sarhisob 
qilindi, yаkuniy diаgnоstik tаhlillar о‘tkazildi, natijаlar qаyta kо‘rib chiqildi, 
tajribаdan о‘tkazilgan ma’lumоtlar tizimlаshtirildi va ish natijаlari rasmiylаshtirildi 
hаmda uzluksiz kаsbiy rivоjlantirish jarаyоnida umumiy о‘rta ta’lim maktаblari 
ijtimоiy fanlar о‘qituvchilarining mediakоmpetentligini rivоjlantirish darаjаsi 
аniqlаndi. 

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə