6
9. Fotometrik va spektrofotometrik analiz usullari
Yelektromagnit nurlanishning energetik tavsiflari: to’lqin uzunligi, to’lqin soni,
chastota, Ye-nurlanish energiyasi. Nur yutilishini tavsiflovchi kattaliklar: A-optik zichlik,
T-o’tkazuvchanlik,
-nur yutilishining
molyar koyeffisiyenti, ekstinksiya. Bu
kattaliklarning elektromagnit nurlanish to’lqin uzunligiga va eritma konsentrasiyasiga
bog’liqligi.Buger-Lambert-Ber qonuni. Fotometrik reaksiyalarning
sezgirligini tavsiflash
uchun nur yutilish molyar so’ndirish koyeffisiyentining absolyut qiymatining ahamiyati.
Nur yutilish qonunlari bajarilishi haqidagi muhokamasi uchun asosiy mezonlar. Ber
qonunidan chetlanishlar sabablari. Optik zichlik (A) ni o’lchash oldidan eritmalarni
tayyorlash usullari. Spektrofoto- va fotometrik analizning asosiy bosqichlari.
Spektrofotometrik
usulning
metrologik
xarakteristikalari.
Aniqlanadigan
konsentrasiyaning quyi chegarasi. O’lchash natijalarining takrorlanishi. Optik zichlikning
optimal oralig’i. Sezgirligi. Tanlash (selektivlik). Selektivlikni cheklaydigan omillar.
Spektral
va
fizik-kimyoviy
xalaqitlar.
Fotometrik
titrlash.
Differensial
spektrofotometriya. Spektrofotometrik usulning qo’llanilish sohalari.
Metodning kamchiliklari.
Fotoyelektrokolorimetriya,
Stoletov fotoyeffekti,
fotoyeffekt qonunlari. Fotoyelementlar: selenli, surma, seziyli va kislorod-seziyli. Spektral
va integral tavsiflar. Nur oqimini monoxromatlash: nur filtrlari, dispergirlovchi prizmalar.
Asboblar: spektrofotometrlar va fotoyelektrokolorimetrlar; SF-26,16,46; FEK-56,60 va
KFKlar. Rangli birikmalar. Rangli birikmalarni olish
va ularni spektrofoto- va
fotokolorimetrik metodning miqdoriy analizida qo’llanilishi. Organik reagentlar.
Fotometrlanadigan sistemalar turlari. xalaqit beruvchi ionlarni bog’lash, ekstraksiyalash,
cho’ktirish, ionalmashinish xromatografiyasini qo’llash orqali bartaraf qilish.
Dostları ilə paylaş: