Kafedrasi avazov ergash xidirberdiyevich


Taqrizlar portfoliosining namunaviy tarkibi



Yüklə 18,34 Mb.
səhifə265/333
tarix31.08.2023
ölçüsü18,34 Mb.
#121179
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   333
мажмуа Пул ва банклар 03 09 Восстановлен

Taqrizlar portfoliosining namunaviy tarkibi:

  • bajarilgan ishlar sifati bo‘yicha taqrizlar;

  • qo‘shimcha ta’lim muassasasining ijodiy guruhlaridagi ishlari, ilmiy-amaliy anjumanlardagi chiqishlari bo‘yicha taqrizlar.

  • talabaning o‘z faoliyati bo‘yicha xulosalari, baholari;

  • keyingi faoliyati yoki keyingi bosqichdagi o‘qishni qanday tashkil etish bo‘yicha talabaning o‘z xulosalari;

  • amaliyotlar bo‘yicha tavsiya xatlar;

  • boshqa sohalar bo‘yicha taqriz va xulosalar.

Yuqorida taklif etilgan portfolio modellarini tahlil qilgan va chuqur o‘rgangan holda murakkab portfolio, ya’ni barcha modellarni birgalikdagi shaklida yoki oddiy, ushbu portfolioning bittasini yuritish mumkin.
Amalda portfolioning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin:
4.«Portfolio-kollektor». Bu portfolio talaba muallif bo‘lmagan materiallardan iborat bo‘ladi. Bunga o‘qituvchi tomonidan tavsiya etilgan adabiyotlar, qo‘llanma va ko‘rsatmalar, elektron o‘quv adabiyotlari, o‘quv-vizual materiallar, maqolalar, lug‘atlar yoki talabaning o‘zi mustaqil topgan adabiyotlar hamda boshqa o‘quv materiallari kiradi.
5.«Jarayon portfoliosi» talaba tomonidan o‘quv, uslubiy, ilmiy-izlanish, ijodiy, axborot va ijtimoiy loyihalarni bajarish jarayonida erishgan bilimi va malakalarini mustaqil qo‘llash malakasini namoyish qiladi. Portfolio talabaning loyihalash jarayonidagi barcha bosqichlarni: muammoni aniqlash, loyihani ishlab chiqish, loyiha bo‘yicha faoliyatni rejalashtirish va tashkil etish, texnologik bosqich (loyihani amalga oshirish), yakuniy bosqich, taqdimot va loyihani baholashni o‘z ichiga olishi kerak.
6.«Ko‘rsatkichlar portfoliosi» talabaning biror bir soha bo‘yicha mahoratini va ko‘rsatkichlarini jamlash hamda ko‘rsatish maqsadida yaratiladi. Unga talabaning o‘zi yoki ustozi tomonidan tanlagan eng yaxshi ijodiy ishlaridan namunalar qo‘yiladi.
7.«Baholash portfoliosi» talabaning olgan bilimlari va malakasini nazorat qilish maqsadida tuziladi va u turli xil nazorat materiallaridan: nazorat ishlari, testlar, sxemalar, krossvordlar va boshqa topshiriqlardan iborat bo‘ladi. Baholash portfoliosi o‘qituvchi tomonidan mustaqil tuziladi va uni rejalashtirilgan, maqsadga yo‘naltirilgan natijaga erishish uchun o‘z vaqtida talabalarga taqdim etishi talab etiladi.
8. «Yutuqlar portfoliosi» talabaning o‘quv-tarbiyaviy jarayondagi eng yaxshi ishlari va yutuqlarini ko‘rsatuvchi hujjatlardan tashkil topadi. Bu portfolioga talaba o‘z xohishi bilan o‘zining eng yaxshi loyihalarini, olgan tashakkurnomalari, maqtov yorliqlari, diplomlari, taqrizlar va o‘z faoliyatini namoyish qiluvchi rasmlarni kiritishi mumkin.

Yüklə 18,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə