Kalit so’zlar


ELEKTRON TA’LIMNI TASHKIL QILISH VOSITALARI



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə34/50
tarix11.09.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#121680
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   50
ELEKTRON TA’LIMNI TASHKIL QILISH VOSITALARI
Eksternat turida o`qitish. Ushbu o`qitish uslubi umumiy ta`lim maktab o`quvchilari va oliygox talabalariga yo`naltirilgan bo`lib, qandaydir sabablarga ko`ra stasionar o`quv yurtiga borolmagan o`quvchi va talaba uchun mo`ljallangan. Masalan, 1836 yili London universitetida qandaydir sabablarga ko`ra ana`naviy o`quv yurtiga bora olmagan o`quvchi va talabaga yordam sifatida u yoki bu darajadagi hujjat(attestat, diplom)ga ega bo`lish uchun imtixon olishga tashkil etilgan. Ushbu vazifa xozirgi kungacha talabalarni stasionar o`qishi bilan birga saqlanib kelmoqda.
2. Bir universitet negizida o`qitish. Bu stasionar o`qimaydigan (on-campus), ya`ni masofadan turib, sirtdan yoki masofali va kompyuterli telekommunikasiyani o`z ichiga olgan yangi axborot texnologiyalari asosida (off-campus) o`qiqtgan talabalar uchun butun bir ta`lim tazimidir. Dunyodagi ko`pgina nufuzli oliygoxlardagi ta`limning turli attestatlarini olish uchun mo`ljallangan dasturlar turli tumandir. Masalan, Avstraliya Janubiy Uelsning yangi universitetida 3000 talaba stasionar holda o`qisa, 5000 ta talabaga sirtqi va masofali ta`lim tizimi orqali o`qitiladi.
3. Bir necha o`quv yurtining hamkorligi. Sirqi va masofali o`qitish dasturini amalga oshirishda qilinadigan hamkorlik ularni, sifatliroq va kam xarajatli bo`lishini ta`minlaydi.
Bunday tajriba, masalan Keprikon universitetlari aro tele o`qitish dasturida amalda qo`llangan bo`lib, unda Boliviya, Braziliya, Chili va Paragvay universitetlari ishtirok etadi. Ana shunday hamkorlik misoli bo`lib, "Ta`limda hamkorlik" dasturi xizmat qilishi mumkin. Britaniya hamdo`st mamlakatlarining yurtboshilari 1987 yili barcha hamkor davlatlar uchun masofali o`qitish tarmog`ini tashkil etishni kelishib olishga yig`ilishgan. Dasturning istiqboldagi maqsadi - hamdo`st mamlakatlarda mavjud kollej va universitetlar negizida ixtiyoriy ta`lim olish imkoniyatini yaratib berishdan iboratdir.
4. Maxsus masofali o`qitish maqsadida tashkil etilgan avtonom ta`lim massasasalari. Ana shunday muassasalardan eng yirigi Londondagi ochiq universiteti (Thy Open University) hisoblanadi. Hozirgi kunda unda nafaqat Buyuk Britaniya balki ko`pgina hamdo`st davlatlarining talabalari masofadan turib o`qimoqda.
AQShda bunday universitet sifatida Milliy texnologik universitet (Kolorado shtati)i misol bo`lishi mumkin. Bu universitet 40 ta muxandislik kollejlari bilan birgalikda turli mutaxassisliklar bo`yicha xodimlarni tayyorlamoqda.1991 yili universitet shtat raxbariyati va biznes sohasi bilan yaqin hamkorlikda 40 ta kollejni masofali o`qitish tarmog`i bilan birlashtirdi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə