Kalit so’zlar



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə36/50
tarix11.09.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#121680
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   50
Ikkilangan modeli. Bunday tizimda oliygox kunduzgi talabalarni ham, qisman kunduzgi va qisman masofali dastur asosida o`qitadi. Har ikkalasida ham dars jadvallari, o`qitish dasturlari, imtihonlari va baholash mezonlari bir xil bo`ladi. Odatda ikkilangan modelni rivojlantirayotgan oliygox kunduzgi talabalar soni masofali o`qiyotgan talabalar sonidan katta bo`lgan ana`naviy oliygoxlardir. Shuning uchun bir universitetning o`zida ikki shaklning birgaligida ko`proq o`zlarida katta o`quv materiallaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo`lgan kunduzgi talabalar yutadilar. Bunday oliygoxlarda masofali kurslar har doim ham foyda keltirmaydi, ba`zan u qisman kunduzgi talabalarni o`qitish hisobidan amalga oshiriladi. Bunday holatlarda asosiy urg`u tajribaga, pedagogika va uslubiy innovasiyalar tadqiqotiga va boshqalarga beriladi. Masofali o`qitishning bunday modeli Avstraliyaning yangi Angliya universiteti (University of New England, Australia - http://www.une.edu.au) da tashkil etilgan.
Aralash model. Bu model universitet talabalarini masofali o`qitishning turli shakllarini, aniqrog`i shakllarning integrasiyasini nazarda tutadi. Masalan, kunduzgi shaklda o`qiyotgan talabalar masofali o`qitish kurslarining dasturlaridagilarni yoki ushbu universitetining o`qituvchisi o`qiyotgan kunduzgi kurslari bilan parallel ravishda qisman o`qiydilar. Shuningdek, bu modelda an`anaviy kurslar doirasida virtual seminarlar, taqdimotlar, ma`ruzalar ko`rinishidagi mashg`ulotlar alohida shakllarining birlashmasi bo`lishi mumkin. Universitet axborot va kommunikasiya texnologiyalari vositalari bilan qanchalik yuqori jixozlangan bo`lsa, shunchalik o`qitish shakllari turli-tuman bo`ladi. Integrallashgan bunday kurslar Yangi Zellandiyadagi Massey universitetida (Massey University, New Zealand - http://www.massey.ac.nz) tashkil etilgan.
Konsorsium model. Ushbu model ikki universitetni birlashmasidan iborat. Bunda ular o`quv materiallari bilan almashadilar yoki ba`zi vazifalarni bo`lishib oladilar. Masalan, bir universitet masofali o`qitish uchun o`quv materiallar ishlab chiqaradi, boshqasi virtual o`quv guruhlarini o`qituvchilar bilan ta`minlaydi yoki masofali o`qitish dasturlarini rasmiy akreditasiyasini o`tkazadi. Bunday hollarda universitet butunlay yoki uning alohida markazalari, fakultetlari, xatto ta`lim xizmati bozorida ishlayotgan tijorat yoki davlat tashkilotlari hamkor bo`lishlari mumkin. Konsorsiumlar faqat qattiy markazlashgan boshqarish va yaratilayotgan ashyolarning mualliflik hamda material xuquqlarini rioya etish shartlaridagina samarali bo`ladi. Kanadadagi Ochiq o`quv Agentligi (Open Learning Agency, Canada - http://www.ola.bc.ca) konsorsiumga misol bo`lishi mumkin.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə