Kalit so’zlar


 Avtonom o`qitish tizimlari



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə35/50
tarix11.09.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#121680
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50
5. Avtonom o`qitish tizimlari. Bunday tizimlar doirasida o`qitish to`la TV va radiodastur, shuningdek, qo`shimcha nashr etilgan qo`llanmalar asosida o`qitmoqda. Masofadan turib o`qitishning bunday misoli sifatida Amerika - samoan televizion loyihasini keltirish mumkin.
6. Multimedia dasturi asosida norasmiy integrallashgan (birlashtirilgan) masofali o`qitish.
Bunday dasturlar qandaydir sabablarga ko`ra maktabni tamomlay olmagan yoshi katta tinglovchilar auditoriyasiga mo`ljallangan.
Bunday loyhalar ushbu dasturga birlashtirilgan rasmiy ta`lim dasturining qismi (masalan, bunday dasturlar Kolumbiyada mavjud) yoki aniq ta`lim maqsadiga maxsus mo`ljallangan (masalan, Britaniyaning savodxonlik dasturi) yoki maxsus salomatlik profilaktikasi dasturiga yo`naltirilgan (masalan, rivojlanayotgan davlatlar uchun) bo`lishi mumkin.
Ta`lim tizimida qo`llaniladigan masofali o`kitish usulining rang barang shakl va modellari mavjud. Ushbu usulning rang-barangligi masofali o`kitish tizimining shakllanishidagi turli shart-sharoitlari bilan bog`liq. U shartlarga:

  • geografik sharoitlar (masalan, davlatlar territoriyasining ko`lami, markazdan uzoqda yoki ajralgan xududlarning mavjudligi, iqlimi va boshqalar);

  • davlatning kompyuterlashtirilganlik va axborotlashtirilganligining umumiy darajasi;

  • davlatda transport va kommunikasiya vositalarining rivojlanganlik darajasi;

  • ta`lim sohasida mavjud an`analar;

  • masofali o`qitish tizimi uchun ilmiy-pedagogik xodimlarni mavjudligi va shu kabilar kiradi.

YUNESKO institutining 2000 yildagi tahliliy tadqikot materiallarida ("Distance Education for the Information Society: Policies, Pedagogy and Professional Development") keltirilgan masofali o`kitish modellarini keltiramiz:
Yagonalik modeli. Ushbu model tashkiliy tuzilishiga ko`ra faqat masofali o`qitishda va "masofali" talabalar bilan ishlash maqsadida tashkil etiladi. O`qitish shunday amalga oshiriladiki, bunda ta`limning kunduzgi shakli zarur bo`lmaydi. Barcha o`qitish masofadan amalga oshiriladi. Ushbu modelda o`qitishda xududiy markazlar bo`lib, ularda talabalar o`qituvchilardan maslahatlar olishi yoki yakuniy imtihon topshirishlari mumkin.
Bunday oliygoxlarda o`qituvchilarga ham talabalarga ham o`quv faoliyatining shakl va uslublarini tanlashda katta erkinlik beriladi. Vaqt va o`quv jadvallariga qa`tiy chegaralar qo`yilmaydi.
Bunday tamoyilida o`qitish Ochiq universitetlarda, masalan, Buyuk Britaniyaning Ochiq universiteti (United Kingdom Open University - http://www. open.ac.uk) da tashkil etilgan.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə