Kalit so’zlar



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə37/50
tarix11.09.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#121680
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   50
Franchayzing model. Franchayzing tamoyilida tashkil etilgan masofali o`qitish modelida hamkor universitetlar bir - birlariga o`zlarining masofali kurslarini beradilar. Bunda ta`lim xizmati bozorida o`zini ko`rsatgan qandaydir universitet o`zida ishlab chiqqan kurslarini masofali o`qitishni endigina tashkil qilayotgan va masofali o`qitish uchun o`quv ashyolarini mustaqil ishlab chiqish tajribasiga ega bo`lmagan boshqa oliygox - hamkorlariga o`qitish huquqini berishi mumkin.
Bunday modelning qiziq tomoni shundaki, talabalar o`zlarining universitetida o`qishga yozilib, konsorsiumga kirgan ilg`or oliygox talabasi kabi o`sha hajmda va o`sha sifatda ta`lim xizmatlalariga, o`qishni bitirganlaridan keyin xatto diplomlariga ega bo`ladilar. Bunda ilg`or universitetning barcha atributikalari o`z kuchini saqlab qoladi. Franchayzing modeliga misol sifatida Buyuk Britaniyaning Ochiq universiteti qoshidagi Biznes Maktabi (Open University Business School, Great Britain) va uning Sharqiy Yevropadagi universitetlari bilan aloqasini olish mumkin.
Validasiya model. Masofali o`qitishning juda keng tarqalgan modeli bo`lib, bunda ta`lim muassasalari masofali o`qitish bo`yicha xizmatlarni barcha hamkorlari teng darajada bajarishlari haqida kelishuv imzolab oladilar. Ularning biri diplom validasiyasi, kurs va dasturlarni akreditasiyasini qiladi, rasman tan olinadigan diplom va sertifikatlarni berishga ma`sul bo`ladi, ilmiy darajalar beradi va xokazo. Bosh oliygox (davlat akreditasiyasiga ega bo`lgan taniqli oliygox) va uning xududlardagi ko`p sonli filiallari orasidagi munosabatlar ham shu model asosida tashkil etiladi.
Uzoqlashtirilgan auditoriyalar model. Bu modelda zamonaviy axborot texnologiyasi vositalari faol foydalaniladi. qandaydir oliygoxda o`tkazilayotgan o`quv kurslar, ma`ruzalar yoki seminarlar talabalar yig`iladigan uzoqlashtirilgan o`quv auditoriyalarga sinxron teleko`rsatuv, videoanjuman, radioeshittirish ko`rinishida telekommunikasiya kanallaridan uzatiladi. Bunda bir o`qituvchi bir vaqtni o`zida talabalarning katta auditoriyasi bilan ishlaydi. Ushbu model bo`yicha
AQSh ning Viskonsin universiteti (Wisconsin University, USA) da, shuningdek, Xitoyning markaziy radio va televedenie universiteti (China Central Radio and TV University) da masofali o`qitish tashkil etilgan.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə