Kar o’quvchilarning eshituv idrokini rivojlantirish ishlarini rejalashtirish reja



Yüklə 21,9 Kb.
səhifə2/3
tarix29.11.2023
ölçüsü21,9 Kb.
#143083
1   2   3
KAR O’QUVCHILARNING ESHITUV IDROKINI RIVOJLANTIRISH ISHLARINI REJALASHTIRISH

Labdan o’qishni haraktli tipii og’zaki nutqi mavjud kar bolalarda uchraydi. Tovushni artikulyator harakatini yuzaga keltirish uchun uni talaffuzini egallash kerak. Ta’limning boshlang’ich bosqichida kar bolalar umuman gapirmaydilar yoki kam gapiradilar. Bu bosqichda bola so’zni talaffuz qilolmasa ham so’zning umumiy obrazini ko’ruv orqali qabul qiladi. Og’zaki nutqni egallash darajasiga ko’ra kar bolalar talaffuzni egallaydilar. Labdan o’qish jarayonida bolalarda nutqiy pinesteziya yuzaga keladi. Aralash tipda labdan o’qish ko’ruv va harakat tiplari bilan birgalikda amalga oshadi. Labdan o’qish jarayoni murakkabligi bizning nutqimiz fonemalari talaffuzda bir xil namoyon bo’ladi. Ayrim tovushlarni labdan o’qish oson bo’ladi. Nutqmizdagi har bir tovush xos bo’lish usuli, o’rni, ovoz va shovqin ishtiroki jarangli va jarangsizligiga ko’ra o’zaro farq qiladi. eshitish organi tovushning barcha xususiyatlarini qabul qilish xususiyatiga ega, lekin ko’rish analizatori bu xususiyatlarni qabul qilish imkoniga ega emas, tadqiqotlar ko’rsatishicha kar bola ko’rish analizatori yordamida 12 guruhdosh tovushlarni yaxshi qabul qiladi. bu tovushlarni ba’zan orol obrazlar deb ham nomlashadi. Bu guruhdosh tovushlar quyidagi jadvalda o’qish murakkabligiga ko’ra tasniflangan.

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

a

o

u

e
i

i

P

v
f

n

r
m

s

t

g

B

i

z

d

k

M

ch

s

n

x

Artikulyator obrazlari bir xil bo’lgan tovushlar bir guruhga kiritilgan bo’lib, kar bolalar ularni o’qishda qiynaladilar. Masalan, sabzi – zabzi, barg – parg.
Labdan o’qishning ruhiy murakkablishi uni o’qish jarayoni bilan bir xil deb adashishlarda namoyon bo’ladi. O’qiladigan matnda harflar aniq ularning grafik belgilari bir xil bo’ladi. Jonli nutqda tovushning artikulyator obrazi ko’p omillarga avvalo tovushini so’zdagi o’rniga bog’liq bo’ladi. Xususan, unli tovush so’z urg’usiga bog’liq holda kuchni talaffuz etishadi. Har bir gapiruvchi talaffuzining individual xususiyatlari mavjud bo’ladi. Ayrimlar tovushlarni aniq talaffuz etadilar, ayrimlar tez lekin tovushlarni aralashtirib talaffuz etadi. Matndosh grafik obrazlar statik va kar o’quvchi tushunmasa, qaytadan matnni o’qishi mumkin. Jonli nutqda tovushlarning artikulyator obrazlari dinamik bo’lib doimo xarakatda va idrok etilmay qolgan tovush talaffuzini qaytadan idrok etib bo’lmaydi. YOzma nutqda so’zlar intervallar bilan ajratilgan, og’zaki nutqni kar bolaning o’zi bo’laklarga bo’ladi: gap – so’z – bug’in – tovush. Matn o’qishda o’qish tempini biz belgilashimiz mumkin, og’zaki nutqni idrok etishda esa kar bola gapiruvchini talaffuz tempiga moslashshishi kerak. To’g’ri tashkil etilgan ta’lim jarayonida kar bola lab o’qishning yuqori pog’onasiga chiqish mumkin. Unga qaysi omillar yordam beradi? F.F. Rau, V.I.Belyukova A.I.SHept va boshqa olimlar tadqiqotlariga ko’ra bu shakl va ma’nosiga ko’ra kombinatsiyalashgan omillardir. Tadqiqotlar tahlili kar bola matndan tashqari so’z, gaplarni labdan o’qishda ko’p xatoliklarga yo’l qo’yadilar. Kontekstga ko’ra o’qishni korreksiyalaydi, so’zlarni tashlab o’qishni to’ldiradi. Masalan, kar bola matndan tashqari stul – soz, ona – ota – opa so’zlarini tashlab o’qishi mumkin, chunki bu so’zlarning artikulyator obrazlari juda o’xshashdir. Mmimik gapda kar bola kerakli so’zni joyida talaffuz etadi va unga mos keluvchi grammatik shaklni tanlaydi. Mimik bunday kambinatsiya faqat so’zlashuv nutqi mavjud kar bolaga xosdir. Bu daraja qanchalik yuqori bo’lsa, labdan o’qish ham shunchalik yuqori darajada bo’ladi.

Yüklə 21,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə