Karimova maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari


IV BOB. BOLA HUQUQLARI TO‘G‘RISIDAGI KONVENSIYA



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə20/104
tarix07.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#132569
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   104
Karimova maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari-fayllar.org

IV BOB. BOLA HUQUQLARI TO‘G‘RISIDAGI KONVENSIYA
Bola huquqlari to‘g‘risida Konvensiyaning maqsad va vazifalari
Bola huquqlari to‘g‘risida konvensiya — bolalar huquqi to‘g‘risidagi xalqaro huquq normalari kuchiga ega bo‘lgan hamda kelajakka qaratilgan eng to‘la va birinchi hujjat. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1989 yil 20 noyabrda bir ovozdan qabul qilingan. Konvensiya 1959 yilda qabul qilingan Bola huquqlari deklaratsiyasi qoidalarini rivojlantiradi. Deklaratsiya „Insoniyat o‘zida mavjud bo‘lgan eng yaxshi narsalarning hammasini bolalarga berishga majbur“ deb eʼlon qilgan edi. Konvensiya esa ushbu Deklaratsiya va boshqa xalqaro hujjatlardagi bolalar huquqlari to‘g‘risidagi qonunlarni o‘zida mujassamlashtirgan.Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya dunyoning barcha mintaqalaridagi xalklar uchun teng ahamiyatga ega, asosiy maqsadi bolalar manfaatlarini mumkin qadar himoya qilishdan iborat. U muqaddima, 3 qism, 54 moddadan iborat.
Konvensiyaga asosan agar milliy qonunlarda balog‘at yoshi birmuncha erta belgilangan bo‘lmasa, 18 yoshga to‘lmagan har qanday shaxs bola hisoblanadi.Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya insonning fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari yig‘indisidan iborat. U bolalar o‘zining axloqiy, aqliy va ruhiy qobiliyatlarini erkin rivojlantirishi uchun boshqa narsalardan tashqari sog‘lig‘i va atrof muhitning xavfsizligi, tibbiy yordamga ega bo‘lish va ovqatlanish, kiyim-kechak, turarjoy xususidagi minimal normalar bilan taʼminlanishi zarurligini talab etadi. Konvensiyaga ko’ra, bola o‘zining kamol topishida o‘zi faol ishtirok etish, o‘z fikrini bayon qilish huquqiga ega, bu esa uning hayotiga oid masalalarni hal etishda hisobga olinishini taʼminlaydi. Konvensiya bolaning yashash va sog‘lom rivojlanish huquqiga, farzandlikqa olish bilan bog’liq huquqqa, noraso bolalar va qochoq bolalar, shuningdek huquqbuzarlik sodir etgan bolalarning huquqlariga oid qoidalarni oʻz ichiga oladi, bolalarga gʻamxoʻrlik qilish va ularni himoya qilishda oila va ota-onaning birinchi darajali roli, bolalarga yordam koʻrsatish borasidagi majburiyatini tan oladi. 5
Bolalarni kamsitmaslik — Konvensiyaning muhim tamoyillaridan hisoblanadi. Bolalar irqi, tanasining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa eʼtiqodi, millim, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati, sogʻligʻining ahvoli otaonasi yoki qonuniy vasiysi yoxud qandaydir boshqa holatlardan qati nazar, bironbir kamsitishlarsiz oʻz huquqlaridan foydalanishi kerak. Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya 1990 yil 2 sentabrda kuchga kirgan. Unga Oʻzbekiston Respublikasi 1992 yil 9 dek.da qoʻshilgan. Konvensiyani ratifikatsiya qilgan yoki unga qoʻshilgan davlatlar uni bajarish yuzasidan tadbirlar boʻyicha Bola huquqlari qoʻmitasiga muntazam ravishda milliy maʼruzalar yuborib turadi. Oʻzbekiston Respublikasida ushbu Konvensiyani bajarish boʻyicha birinchi milliy maʼruza 1997 yilda tayyorlandi.
Ushbu Konvensiyada ishtirokchi-davlatlar, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomida e’lon qilingan tamoyillarga muvofiq, jamiyat barcha a’zolarining o‘ziga xos bo‘lgan qadr-qimmati, teng va ajralmas huquqlari yer yuzasida erkinlik, adolat va tinchlikni ta’minlashning asosi ekanligi e’tirof etilganini hisobga olib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqlari Nizomida insonning asosiy huquqlariga, inson shaxsining sha’ni va qadr-qimmatiga bo‘lgan o‘z ishonchlarini tasdiqlaganliklari hamda ijtimoiy taraqqiyot va turmush sharoitlarini yaxshilash borasida ko‘maklashishga ahd qilganliklarini e’tiborga olib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda har bir inson mazkur xujjatlarda ko‘rsatib qo‘yilgan huquq hamda erkinliklarga irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, tug‘ilishi yoki boshqa holatlar bilan bog‘liq belgilariga ko‘ra har qanday tafovutdan qat’iy nazar, ega bo‘lishini e’lon qilganligi va rozilik bildirganligini e’tirof etib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida bolalar alohida g‘amxo‘rlik va yordam huquqiga egadirlar, deb e’lon qilganligini eslatib, jamiyatning asosiy tashkiloti hisoblanmish oila va tibbiy muhitga uning barcha a’zolari, ayniqsa, bolalar o‘sibulg‘ayishlari va farovonlikka ega bo‘lishlari uchun jamiyat doirasidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga to‘liq oladigan bo‘lishiga erishish maqsadida zarur himoya va yordam bilan ta’minlanishi lozim ekanligiga ishonch hosil qilgan holda, bolaning shaxsi sog‘lom va har tomonlama uyg‘unlashgan holda kamoloti uchun u oila g‘amxo‘rligida, baxt, mehr-muhabbat va ongli tushunish vaziyatida o‘sishi zarurligini e’tirof etib, bola jamiyatda mustaqil hayotga to‘la tayyorlanishi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomida e’lon qilingan g‘oyalar ruhida, ayniqsa, tinchlik, qadr-qimmat, sabr-toqat, erkinlik, tenglik va birdamlik ruhida tarbiyalanishi lozimligini hisobga olib, bolani mana shunday alohida himoya qilish zarurligi 1924 yilgi Bola huquqlari Jeneva deklaratsiyasida va 1959 yil 20 noyabrda BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Bola huquqlari deklaratsiyasida ko‘zda tutilganligini va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro paktda (jumladan, 23- va 24-moddalarda), Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida xalqaro paktda (jumladan, 10-moddada), shuningdek, ixtisoslashgan muassasalar hamda bolalarning farovonligi masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlarning Nizomlari va tegishli xujjatlarida e’tirof etilganligini e’tiborga olib, Bola huquqlari deklaratsiyasida ko‘rsatib o‘tilganidek, “bola, agar u jismoniy va aqliy jihatdan kamolotga yetishmagan bo‘lsa, maxsus ravishda muhofaza va g‘amxo‘rlikka, binobarin, tug‘ilguncha va tug‘ilgandan keyin ham munosib darajadagi huquqiy himoyaga muhtoj” ekanligini e’tiborga olib, Ijtimoiy va huquqiy tamoyillar to‘g‘risidagi deklaratsiyaning bolalar himoyasi va farovonligi, ayniqsa, bolalarni milliy va xalqaro darajalarda tarbiyalashga berish hamda asrab olish paytidagi himoyasi va farovonligiga doir qoidalariga, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Balog‘atga yetmagan bolalarga nisbatan odil sudlov yuritishga doir minimal standart qoidalari (“Pekin qoidalari”) va Favqulodda holatlarda va qurolli mojarolar davrida ayollar va bolalarni himoya qilish to‘g‘risidagi deklaratsiya qoidalariga tayanib, jahondagi barcha mamlakatlarda nihoyatda og‘ir sharoitlarda yashayotgan bolalar borligi hamda ular alohida e’tiborga muhtoj ekanliklarini e’tirof etib, bolaning himoya qilinishi va uyg‘un ravishda rivojlanishi uchun har bir xalqning an’analari va madaniy qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etishini munosib tarzda hisobga olib, har bir mamlakatda, jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalarning turmush sharoitlarini yaxshilash uchun xalqaro hamkorlik qilishning muhimligini e’tirof etib, quyidagilar haqida kelishib oldilar.
Amaldagi Konvensiya bir qancha jihatlari bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
Birinchidan, Konvensiyada ilk bor bola tushunchasi huquq subyekti sifatida tan olingan. Bu huquq subyektiga bolalardan tashqari, voyaga yetmaganlar ham kiradi.
Ikkinchidan, Konvensiya voyaga yetmaganlarning xalqaro huquqiy maqomini shakllantirdi. Shunga koʻra, bolaning huquq va erkinlik doirasi kengaytirildi.
Uchinchidan, ushbu hujjatda shafqatsiz qiynoq va qurolli toʻqnashuvlar qurboni boʻlgan, shuningdek, qonunni buzgan va muomalaga layoqatsiz bolalarning yuridik himoyasi nazarda tutilgan.
Toʻrtinchidan, unda bolalarni baʼzi bir salbiy hodisalar (giyohvand¬lik va ruhiy taʼsir etuvchi moddalarni noqonuniy isteʼmol qilish, bolalarni sotish va gʻayriqonuniy maqsadlarga jalb etib, ulardan foydalanish) kabi taʼsirlardan himoya qilish masalalari ham alohida qayd etilgan.
Beshinchidan, bola yoki oʻsmir huquqlarini himoya qilishda kamsitmaslik tamoyili eʼtirof etilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyaga 1992-yilda qoʻshilgan va unda koʻrsatilganidek bolalarning barcha huquqlarini hurmat qilish, taʼminlash va himoya qilish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan.
Yangi Oʻzbekistondagi huquqiy islohotlar 2016-yilda aynan “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi qonun imzolanishi bilan boshlandi.
Mamlakatimizda bolalar va yoshlar faoliyatiga doir jami 40 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari asosida bolalar va yoshlarning maʼnaviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga koʻmaklashishning huquqiy mexanizmi yaratilgan.
Sohadagi islohotlarni muvofiqlashtirib borish maqsadida mamlakatimizda Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻrinbosari — Bola huquqlari boʻyicha vakil lavozimi joriy qilindi hamda uning huzurida Bola huquqlarini himoya qilish boʻyicha jamoatchilik kengashi tuzildi.
Bola huquqlari boʻyicha vakil BMTning Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasini bajarish strategiyasi va bola huquqlari masalalari boʻyicha boshqa hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi. Shuningdek, aholi oʻrtasida bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari masalalari boʻyicha huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga koʻmaklashish kabi koʻpgina muhim vazifalarni amalga oshiradi
Bugungi kunda yurtimizda bolalarni ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, maʼnaviy jihatdan himoya qilish boʻyicha juda koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mamlakatimizda bolalar huquqlarini himoya qilish boʻyicha tegishli huquqiy baza shakllangan desak hech mubolagʻa boʻlmaydi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oila kodeksi, Fuqarolik kodeksi, Mehnat kodeksi, Jinoyat kodeksi va boshqa bir qator qonun hujjatlarida bolalar huquqlarini himoya qilishga oid normalar oʻz ifodasini topgan.
Shuni taʼkidlash joizki, bola huquqlarini himoya qilish sohasida qabul qilingan xalqaro majburiyatlarni bajarish uchun Oʻzbekiston xalqaro huquqiy normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish yoʻlida katta ishlarni amalga oshirmoqda. Amaldagi qonunchilikda bolalarning huquq va manfaatlariga, shuningdek ularning himoyasiga alohida eʼtibor berilmoqda.
Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyada 4 ta asosiy yoʻnalish belgilangan boʻlib, bular yashash, rivojlanish, himoyalanish hamda bolalarning oʻzlariga bevosita tegishli qaror qabul qilinishida qatnashish huquqlarini taʼminlashni oʻz ichiga oladi.
Mazkur yoʻnalishlarda qayd etilgan talablarning barchasiga amal qilish Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli moddalari bilan mustahkamlangan. Xususan, bosh qomusimizda ota-onalar oʻz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashi, davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum boʻlgan bolalarni boqish, tarbiyalash va oʻqitishni taʼminlashi, farzandlar ota-onalarning nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qatʼi nazar, qonun oldida tengligi hamda onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinishi, shuningdek, har kim bilim olish huquqiga egaligi, bepul umumiy taʼlim olish davlat tomonidan kafolatlanishi, belgilab qoʻyilgan.
Konvensiya talablari hamda Konstitutsiyamiz asosida mamlakatimizda qator qonunlar qabul qilinib, bu boradagi huquqiy asos yana-da mustahkamlandi. Xususan, “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”, “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”, “Oliy Majlisning inson huquqlari boʻyicha vakili (OMBUDSMAN) toʻgʻrisida”, “Ona suti bilan oziqlantirishni qoʻllab-quvvatlash hamda goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar toʻgʻrisida”, “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”, “Bola huquqlarining qoʻshimcha kafolatlari belgilanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunlarda bola huquqlarining kafolatlari taʼminlanishi bilan bogʻliq munosabatlar ishtirokchilari va ularning huquq hamda majburiyatlari aniq aks etgan.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə