Karimova maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari


Bola huquqlari to‘g‘risida Konvensiyaning tarkibi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə21/104
tarix07.11.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#132569
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   104
Karimova maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari-fayllar.org

Bola huquqlari to‘g‘risida Konvensiyaning tarkibi
Konvensiya 54 moddadan iborat boʻlib, unda quyidagi asosiy normalar belgilangan:
1-4-moddalarda: “bola” tushunchasi, bolalar manfaatlarining ustuvorligi va ishtirokchi-davlatlarning Konvensiyada belgilangan huquqlarni kamsitishsiz amalga oshirish choralarini koʻrish majburiyati;
5-11-moddalarda: hayotga, ismga, fuqarolikka, ota-onasini bilish huquqiga, ota-onaning gʻamxoʻrligi va ajralmasligiga, ota-onalarning bolalarga nisbatan huquqlari va majburiyatlari;
12-17-moddalarda: bolalarning oʻz nuqtayi nazarini, oʻz fikrini bildirish, fikrlash, vijdon va din erkinligi, uyushish va tinch yigʻilishlarga boʻlgan huquq, bolaning axborotga ega boʻlish va uni tarqatish huquqlari;
18-27-moddalarda: davlat tomonidan bolaning ota-onalariga va qonuniy vakillariga yordam berish, shuningdek bolalarga ularni tarbiyalovchi shaxslar tomonidan qoʻpol muomala boʻlish, ularning tahqirlanishidan himoya qilish, oilaviy muhitdan mahrum boʻlgan yoki asrab olingan, aqliy yoki jismoniy jihatdan zaif bolalarni himoya qilish, bolalarning sogʻliqni saqlash sohasidagi huquqlari, shuningdek, bolalarning ijtimoiy rivojlanishi uchun zarur boʻlgan turmush darajasi toʻgʻrisidagi normalar;
28-31-moddalarda: bolalarning taʼlim olish, ona tili va madaniyatidan foydalanish, dam olish olish va madaniy sohadagi huquqlari;
32-36-moddalarda: davlatning bolalarni noqonuniy ekspluatatsiya qilinishdan, giyohvand moddalarni noqonuniy isteʼmol qilish, oʻgʻirlash va bolalar savdosidan himoya qilishga oid majburiyatlari;
37-41-moddalarda: sodir etilgan jinoyatlar uchun jazodan ozod qilish imkoniyati boʻlmasa oʻlim va umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazolari 18 yoshga toʻlgunga qadar sodir etilgan jinoyatlarga nisbatan qoʻllanilmasligi, bolalarga nisbatan qiynoqqa solish va qadr-qimmatni kamsituvchi jazo taʼqiqlanishi, jinoiy xatti-harakatlar sodir etishda ayblanayotgan bolaning huquqlari, shuningdek qurolli toʻqnashuvlar va urushlar paytida bolalarni himoya qilish normalari.
Konvensiyaning aʼzo davlatlar tomonidan bajarilishi ustidan monitoringni BMTning Bola huquqlari boʻyicha qoʻmitasi amalga oshiradi.
Umuman, bugungi kunda Oʻzbekistonda bola huquqlari va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha oʻziga xos milliy-huquqiy tizim shakllangan boʻlib, ayni paytda mamlakatimiz bu yoʻlda dadil qadam tashlayotgan davlatlardan biridir.
Xulosa oʻrnida taʼkidlash joizki, mamlakatimizda bolalar huquqini himoya qilishning zarur huquqiy bazasi yaratildi. Unga koʻra bola huquqlarini amalga oshirish va himoya qilish mexanizmi ishlab chiqilib, davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining izchil olib borilayotgan faoliyatida namoyon boʻlmoqda. Shu bois, bola huquqlarini taʼminlash va himoya qilish uchun zarur boʻlgan huquqiy va tashkiliy sharoitlar va kafolatlar yaratish Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib hisoblanadi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə