Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə12/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   209
Микро амалий китоб

Burama, egilgan shaklli bakteriyalarga-spirillalar, spiroxetalar, kampilobakteriya va xelikobakteriyalar kiradi. Spirillalar - spiral shakldagi bir necha buramadan iborat. Spirillalarni ko‘pchiligi saprofit, patogen turiga Sodoku kasalligi qo‘zg‘atuvchisi kiradi (kalamushlar tishlashi oqibatida yuqadi). Spiroxetalar spiralsimon ko‘rinishga ega bo‘lib, spirallarini soni, bukilmalari va harakatlarini
tiplari bo‘yicha bir birlaridan farq qiladi. Spiroxetalarga 3 ta patogen avlodlar (treponema, borrella, leptospira) kiradi.

Bakteriologik surtma tayyorlash texnikasi.


Surtma tayyorlash: Mikrob kulturasidan va suyuq patologik materialdan surtma tayyorlash. Buning uchun bir tomchi material bakterial qovuzloq yordamida buyum oynasiga tomiziladi, aylanma xarakat bilan yupqa qilib yoyiladi.
Qondan surtma tayyorlash uchun buyum oynasining chekka qismiga bir tomchi qon tomiziladi. Uning ustiga ikkinchi yassilangan oyna 45°C li burchak ostida joylashtiriladi va qon tomchisi surib boriladi. Keyin qonning yassi yuzaga tarqalishi kutib turiladi. Surtmaning qalinligi surtmalar orasidagi burchak o‘tkirligiga bog‘liq. To‘g‘ri tayyorlangan qon surtmasi qizg‘ish rangda bo‘lib, buyum oynasiga bir xil qalinlikda tarqaladi.
Preparat tayyorlash uchun yog‘sizlantirilgan buyum oynasiga bir tomchi suv yoki natriy xlorning izotonik eritmasi tomiziladi va unga qovuzloq bilan tekshirilayotgan material qo‘shilib, qovuzloq bilan yaxshilab aralashtiriladi, surtmani diametri 1,0-1,5 sm. bo‘lishi kerak, agar surtma qalinligi bir tekisda bo‘lmasa, mikroorganizmlarni alohida-alohida yotgan morfologik formalari ko‘rinmaydi. Agar tekshirilayotgan material suyuq muhitda bo‘lsa, u holda uni qovuzloq bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri buyum oynasiga tomizilib surtma tayyorlanadi.
Surtmani quritish: Surtmani quritish uchun 2 usuldan foydalanish mumkin, birinchidan xona temperaturasida, spirtovka alngasi ustida. Spirtovka alangasida quritilganda, shuni esda saklash kerak-ki, ya’ni tez quritish uchun yuqori temperaturadan foydalanib bo‘lmaydi, chunki yuqori temperaturada mikroblar deformatsiyaga uchrashi mumkin.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə