Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Bakteriyalarning kapsulasi



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə20/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   209
Микро амалий китоб

Bakteriyalarning kapsulasi


Prokariot hujayrasi devorini tashqi tomonidan ko‘pchilik hollarda shilliq moddalar o‘rab turadi. Bunday tuzilmalar struktura tuzilishini o‘ziga xos xususiyati
bo‘yicha kapsula deb nomlana boshlangan. Bularning hammasi biosintez oqibatida hujayra atrofini o‘rab olgan organik polimerlardan iboratdir. Agar tuzilmalarning qalinligi 0,2 mkm kam bo‘lsa, ularni faqat elektron mikroskopda ko‘rish mumkin.
SHuning uchun bunday tuzilmalarni mikrokapsula deb ataladi. Tuzilmalarni o‘lchami 0,2 mkm katta bo‘lsa yorug‘lik mikroskopida ko‘rish mumkin va makrokapsula deyiladi. Bakteriya hujayrasini o‘rab turgan tuzilmasini tarkibi amorf va strukturasiz bo‘lsa, bunday tuzilmalarni shilliq qavat deb yuritiladi.
Bakteriyalar kapsulasining tarkibi hujayra devorini komponentlariga o‘xshab ketadi, lekin kimyoviy strukturasi jihatdan ulardan farqlanadi. Ko‘pchilik bakteriyalarni kapsulasini kimyoviy tarkibi gomo- yoki geteropolimer polisaxarid hisoblanadi, lekin ba’zi bir bakteriyalar kapsulasi (Bacillus) polipeptidlardan tarkib topgan. Hamma bakteriyalarda ham kapsula uchramaydi. Kapsula bakteriyalarni tur belgisi hisoblanadi. Kapsulasi bor bakteriyalar boshqa bakteriyalarga nisbatan, yashash sharoitlarida afzalliklarga ega bo‘ladi. Ko‘pchilik patogen bakteriyalar kapsula hosil qiladi, bu ularning virulentlik belgisi hisoblanadi. Bakteriyalarni kapsulasi ularni mexanik jarohatlanishdan, qurib qolishdan saqlaydi va bakteriya uchun qo‘shimcha osmotik barer, faglarning kirishi uchun to‘siq, ko‘pchilik hollarda oziq moddalar zahirasi ham bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari bakteriyalarda kapsula avlod va tur xususiyatini anglatuvchi antigen bo‘lishi ham mumkin. Bakteriyalarni kapsulasini aniqlash amaliyotda ularni bir - birlaridan identifikatsiya qilishda qo‘llaniladi.


Burri-Gins usuli bilan kapsulani aniqlash.





  1. Burri bo‘yicha preparat, quyidagicha tayyorlanadi: bir tomchi tush olinib buyum oynasiga tomiziladi va unga bakteriologik qovuzloqda mikrob kulturasi olinib yaxshilab aralashtiriladi, bir tomoni silliqlangan oynacha bilan qon surtmasiga o‘xshash surtma tayyorlanadi, so‘ngra uni quritiladi va fiksatsiya qilinadi.

  2. Surtmaga 1-2 daqiqa davomida fuksinning suvli eritmasi tomiziladi.

  3. Suv bilan yuviladi, havoda quritiladi va mikroskop (immersion sistemada) ostida ko‘riladi. Bunda kapsulali bakteriyalar tush bilan bo‘yalmaydi va qora fonda

ularning kapsulali tanalari chegaralanib qoladi, fuksin bilan bo‘yalganda ularni tanasi qizil rangga bo‘yaladi, bo‘yalmagan kapsulalar esa qora pushti rang ostida ajralib turadi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə