Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə18/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   209
Микро амалий китоб

Gram usuli bilan bo‘yash.


  1. Fiksatsiyalangan surtmaga gensian binafshaning karbol-spirtli eritmasi filtr qog‘oz ustidan tomiziladi. 1-2 minut bo‘yaladi, so‘ng qog‘oz olinadi, yuvib tashlanmaydi, bo‘yoq esa to‘kiladi.

  2. YUvib tashlanmasdan lyugol eritmasi quyilib, 1-2 minut davomida ushlab turiladi.

  3. 20-30 sekund davomida etil spirti tomizilib, surtma rangsizlantiriladi.

  4. Preparat suv bilan yuviladi.

  5. Surtma, fuksinning suvli eritmasi bilan 1—2 min davomida qo‘shimcha ravishda bo‘yaladi, quritiladi va mikroskop ostida ko‘riladi.

Gram musbat bakteriyalar to‘q binafsha, grammanfiylar esa, qizil rangga bo‘yaladi. Gram usuli bilan bo‘yash muhim differensial-diagnostik ahamiyatga ega va mikrobiologiyada keng qo‘llaniladi Gram musbat bakteriyalarga stafilokokk, streptokokk, difteriya korinobakteriyasi, sil mikobakteriyasi va boshqalar kiradi. Gram manfiy bakteriyalarga - gonokokk, meningokokk, ichak tayoqchasi va boshqalarni kiritish mumkin. Bakteriyalarning ayrim turlari Gram usuli bilan yaxshi
bo‘yalmay o‘zgarib turadi. Bu esa ularning yoshi, o‘stirish xususiyati va hujayra devorining tuzilishini o‘zgartiruvchi omillariga bog‘liq. Gram usuli bilan bo‘yashda yo‘l qo‘yiladigan asosiy kamchilik, surtmadagi bo‘yoqni spirt bilan ko‘proq ushlash yoki kam ushlab bo‘yoqni yaxshi ketkazmaslikdir. Birinchi holatda grammusbat bakteriyalar gensian binafsha bilan bo‘yalgan rangini yo‘qotadi, so‘ng (grammanfiy bakteriyalarga o‘xshash) surtma, fuksin bilan bo‘yalishi natijasida qizil rangni qabul qiladi.
Ikkinchi holatda esa, grammanfiy bakteriyalar gensian binafsha bilan bo‘yalib, ko‘k binafsha rangni saqlab qoladi. To‘g‘ri bo‘yash uchun surtmani spirt bilan yuvishga qat’iy rioya qilish kerak.





  1. rasm. Bakteriyalarning morfologik va tinktorial xususiyatlari.

*sporalar joylashuvi: 1-markaziy; 2-subterminal; 3-terminal



Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə