Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Kislotaga chidamli bakteriyalarni Sil-Nilsen usuli bilan bo‘yash



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə19/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   209
Микро амалий китоб

Kislotaga chidamli bakteriyalarni Sil-Nilsen usuli bilan bo‘yash.





  1. Fiksatsiyalangan surtmaning ustiga tayyorlangan filtr qog‘ozidan qo‘yiladi, so‘ngra fuksinning karbolli eritmasi tomiziladi va bug‘ hosil bo‘lgunga qadar qizdiriladi. SHu holat uch marta takrorlanadi.

  2. Filtr qog‘oz olinadi va surtma suv bilan yuvilmaydi

  3. Surtmaga rangsizlantirish uchun 5% li sulfat kislota yoki 3% spirtli xlorid kislota eritmasidan tomiziladi va 1—2 min ushlab turiladi.

  4. Suv bilan yuviladi.

  5. Surtma metilen ko‘kining suvli eritmasi bilan 3—5 min davomida yana bo‘yaladi.

  6. Suv bilan yuviladi, quritiladi va mikroskop ostida ko‘riladi.

Kislotaga va spirtlarga chidamli bakteryalarga sil va moxov qo‘zg‘atuvchilari kiradi.
Kislotaga chidamlilik bakteriyalarning hujayra devori va sitoplazmasida yog‘ va yog‘ kislotalarini ko‘p bo‘lishidir. YOg‘lar hujayraning umumiy massasiga nisbatan 40% gacha bo‘lishi mumkin. Lipidlarni (yog‘larni) uch xil fraksiyasi aniqlangan; fosfolipidlar (efirda eruvchi), yog‘simon (efir va atsetonda eruvchi) va mumsimon (efir va xloroformda eruvchi). Lipidlar tarkibida juda ko‘p kislotaga chidamli yog‘ kislotalari uchraydi bularga stearin, ftioid va mikol kislotalari kiradi. Hujayra tarkibida lipidlarni yuqori bo‘lishi, bu bakteriyalarni kislotaga, spirtlarga va tashqi muhit omillariga chidamli qilib qo‘yadi. SHuning uchun bu bakteriyalar bo‘yoqlar bilan qiyin bo‘yaladi. Ularni bo‘yash uchun maxsus intensiv Sil-Nilsen usuli qo‘llaniladi. Sil-Nilsen usulida kislotaga chidamli bakteriyalar karbolli fuksinning yuqori konsentratsiyali eritmasi bilan va qizdirib bo‘yaladi. Karbol kislotaning eritmasi hujayra devorini yumshatadi, shu bilan uning tinktorial xususiyatini oshiradi, bo‘yoqning yuqori konsentratsiyasi va bo‘yash jarayonida qizdirish orqali bo‘yoq bilan bakterial hujayraning o‘zaro ta’sir reaksiyasi kuchayadi va yaxshi bo‘yaladi, natijada sulfat kislota bilan ta’sir etilsa, kislotaga chidamsiz bakteriyalar rangsizlanadi va metilen ko‘ki bilan havo rangga bo‘yaladi. Kislotaga chidamli bakteriyalar esa, fuksin bilan qizil rangga bo‘yalganicha qoladi.



Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə