Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə22/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   209
Микро амалий китоб

Bakteriyalarni sporasi. Ba’zi bir bakteriyalar (Clostridium, Bacillus) noqulay sharoitga tushib qolganda endospora hosil qiladi. Spora bakteriyalarni o‘ziga xos bo‘lgan tinch turuvchi shakli hisoblanadi va ularning metabolitik aktivligi o‘ta past bo‘ladi, lekin ular tashqi muhit omillariga (quritishga, yuqori temperaturaga, kimyoviy moddalarga) o‘ta chidamli bo‘ladi.
Tashqi muhitda bir necha o‘n yillar saqlanishi mumkin. Sporani tashqi omillarga bunchalik chidamli bo‘lishini, ular tarkibidagi dipikolin kislotasi va kalsiy tuzlari ta’minlaydi. Bundan tashqari spora tarkibida
erkin suv molekulalari uchramaydi, suv faqat bog‘langan ko‘rinishda bo‘ladi. Spora yaxshi sharoitga tushsa, undan yana vegetativ shakli hosil bo‘ladi. Bakteriyalarda spora ko‘payish xususiyati emas, u turni tabiatda saqlanishini
ta’minlaydi. Bakteriyalarni sporasini aniqlash amaliyotda diagnostik ahamiyatga ega.

Sporalarni Ojeshko usuli bilan bo‘yash.


  1. Fiksatsiyalanmagan surtmaga 0,5% vodorod xlorid kislotasining eritmasi tomiziladi va 2—3 min davomida gorelka alangasida qizdiriladi.

  2. Kislota to‘kiladi, preparat suv bilan yuviladi, quritiladi va gorelka alangasida fiksatsiya qilinadi.

  3. Preparat Sil-Nilsen usuli bilan bo‘yaladi. Bunda bakteriya sporalari qizil rangga, vegetativ shakldagilari havo rangga bo‘yaladi.

Bakteriyalar morfologiyasini o‘ziga xosligi.


Spiroxetlar - ingichka, uzun buralgan harakatchan bakteriyalar bo‘lib, Spirochaetales tartibiga, Spirochaetaceae oilasiga kiradi. Patogen spiroxetalar uchta: Borrelia, Treponema, Leptospira avlodlarga bo‘linadi. Spiroxeta hujayrasi buralgan protoplazmatik silindrsimon bo‘lib, sitoplazmatik parda bilan chegaralangan
sitoplazmaga ega, tashqarisida biroz peptidoglikan qatlami bo‘lgan hujayra devoridan tashkil topgan. Tarkibi jihatdan gram manfiy bakteriyalarga o‘xshab ketadi. Hujayra devorini ustidan aksial iplari fibrillalari o‘rab turadi.






  1. Yüklə 5,17 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə