Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Bakteriyalarni kiritmalari, volyutin donachalari



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə21/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   209
Микро амалий китоб

Bakteriyalarni kiritmalari, volyutin donachalari. Prokariotlarning sitoplazmasida turli kiritmalar uchraydi. Bu kiritmalar hujayrani metabolizmi natijasida chiqarilmay, yig‘ilib qolgan metabolitlari, yoki bakteriyalar uchun oziq ovqat zahirasi bo‘lishi mumkin. Bakteriyalarni kiritmalari bo‘lishi mumkin: neytral yog‘ tomchisi; mum, oltingugurt; maxsus uglevodlar zahirasi (Clostridium); glikogen granulasi metapolifosfat ko‘rinishida (Shirillum volutans, Corynebacterium diphtheriae). Bakteriyalarni kiritmalari, volyutin donachalari hujayralar uchun doimiy bo‘lmasdan ularning tarkibi, ko‘rinishi o‘zgarib turishi mumkin. Bakteriyalar och qolganda kiritmalar yo‘qolib ham ketadi. SHu bilan bir qatorda bu kiritmalar, volyutin donachalari doimiy bo‘lib tur belgisini bildiradi (bo‘g‘ma qo‘zg‘atuvchisi). SHuning uchun volyutin donachalarini aniqlash amaliy ahamiyatga ega.

Neysser usuli bilan volyutin donachalarini bo‘yash.


  1. Fiksatsiyalangan surtmaga Neysser sinkasining atsetati tomiziladi va 2-3 daqiqa ushlab turiladi.

  2. Lyugol eritmasi tomiziladi va 10-30 sek ushlanadi.

  3. Preparat suv bilan yuviladi.

  4. Surtma vezuvinning suvdagi eritmasn yoki xrizoidin bilan 1 daqiqa bo‘yaladi.

  5. Suv bilan yuviladi, quritiladi va mikroskop ostida ko‘riladi.

Volyutin donachalari ishqoriy reaksiyaga ega bo‘lgan birikma bo‘lib, shu xususiyatiga ko‘ra sitoplazmadan farq qiladi. SHuning uchun sinka atsetati bilan to‘q ko‘k rangga bo‘yaladi. Hujayra sitoplazmasi, nordon reaksiyali bo‘lganligi uchun, ishqoriy bo‘yoq vezuvini qabul qilib sariq rangga bo‘yaladi .
Bakteriyalarni kiritmalari oddiy (Lyoffler) usulda, metilen ko‘ki bilan ham yaxshi bo‘yaladi.

Lyoffler usuli bilan volyutin donachalarini bo‘yash.


  1. Fiksatsiyalangan surtmaga metilen ko‘ki 1 % eritmasi tomiziladi va 1- 2 min ushlab turiladi.

  2. Preparat suv bilan yuviladi, quritiladi va mikroskop ostida ko‘riladi. Volyutin donachalari to‘q ko‘k rangga, tanasi ochroq havo rangga bo‘yaladi.


Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə