Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Surtmani fiksatsiya qilish



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə13/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   209
Микро амалий китоб

Surtmani fiksatsiya qilish: Fiksatsiya qilish uchun buyum oynasi (surtma yuqoriga karatilgan holda) 3 marotaba asta-sekin (3 sekund davomida) spirtovka alangasidan o‘tkaziladi. Mikroorganizmlar fiksatsiya qilinganda, o‘ladi va oyna yuzasiga qattiq yopishib qolishi kuzatiladi, bu esa surtmani havfsiz bo‘lishini va

7-rasm.

keyingi bosqichlarda yuvilib ketmasligini ta’minlaydi. Ayrim hollarda qon surtmasi, a’zo va to‘qimalardan tayyorlangan surtmalar maxsus fiksatsiya qiladigan suyuqliklar (metil yoki etil spirti, Nikiforov aralashmasi, suleymali spirt) da fiksatsiya qilinadi.




8 – rasm.

Bakteriologik surtmani oddiy bo‘yash usuli.


Surtmani bo‘yash: Surtmani bo‘yash tekshirilayotgan maqsad asosida qilinadi. Surtmalarni bo‘yash oddiy va murakkab usullarda olib boriladi. Bakteriyalarni morfologiyasini o‘rganish uchun oddiy bo‘yash usullari ham etarli hisoblanadi.
Oddiy usulda bakteriyalar bo‘yalganda ularni shakli va o‘lchamlari yaxshi ko‘rinadi, murakkab usulda bakteriyalarni morfologiyasidan tashqari, istagan elementlarini ko‘rishimiz va aniqlashimiz mumkin, shuning uchun bu usul differnsial usullar qatoriga kiradi.


9-rasm.


Oddiy usulda bo‘yash: Oddiy usulda bo‘yash uchun bitta bo‘yoqdan foydalaniladi. Masalan, (fuksin, safronin, metilviolet, gensianviolet, metilin ko‘ki)metilen ko‘ki yoki fuksinning suv-spirtli eritmasidan. 1 % li metilen ko‘ki bilan bo‘yashga 3-5 daqiqa vaqt ketsa, fuksin bilan bo‘yashga 1-2 daqiqa vaqt ketadi. Bo‘yalgan preparat oqar suv tagida yuviladi, quritiladi va immersion sistema bilan mikroskopda ko‘riladi. Oddiy bo‘yash usuli materialda mikroblarning bor yoki yo‘qligini, ularning sonini, shaklini va joylashishini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.

Amaliy ishlar uchun topshiriqlar


  1. rasm.



Amaliy ish 1.
Stafilokokk agarli kulturasidan surtma tayyorlash, gensian binafsha bo‘yog‘i bilan bo‘yash, mikroskopda ko‘rish va rasmini daftarga chizish


Amaliy ish 2.
Streptokokk bulonli kulturasidan surtma tayyorlash, gensian binafsha bo‘yog‘i bilan bo‘yash, mikroskopda ko‘rish va rasmini daftarga chizish.

Amaliy ish 3.
Ichak tayoqchasi agarli kulturasidan surtma tayyorlash, fuksin bo‘yog‘i bilan bo‘yash, mikroskopda ko‘rish va rasmini daftarga chizish.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə