Образование наука и инновационные идеи в мире



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix08.08.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#120425
19-20



 
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
 

 

http://www.newjournal.org/

Выпуск журнала № – 13
Часть–2_ Январь–2023
 
19 
2181-3187 
BOSHLANG'ICH SINFLARDA KOMBINATORIKA ELEMENTLARINI 
QO'LLASH 
 
Navoiy shahar 3-sonli FFCHO'ITM boshlang'ich (rus) sinf o'qituvchisi
Jumabaeva Muqaddas Iminbayevna 
 
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada kombinatorika masalalari haqida qisqacha 
ma‘lumot berilgan. Boshlang`ich sinf matematika darsligida keltirilgan masalalar va
ularni yechish metodikasi ko`rsatilgan. 
Kalit so’zlar: 
Kombinatorika masalasi , kombinatsiyalari , B.Paskal, P.Ferma, 
G.Leybnis, Y.Bernulli, L.Eyler . 
Kombinatorika masalasi. Elementlarning turli kombinatsiyalari va ularning sonini 
topish bilan bog`liq masalalar kombinatorika masalalari deyiladi. Bunday masalalar 
matematika fanining tarmog`i — kombinatorikada o`rganiladi. Kombinatorika asosan, 
XVII—XIX asrlarda mustaqil fan sifatida yuzaga kelgan bo`lib, uning rivojiga 
B.Paskal, P.Ferma, G.Leybnis,Y.Bernulli, L.Eyler kabi olimlar katta hissa qo`shganlar. 
Kombinatorikada, asosan, chekli to`plamlar, ularning qism to`plamlari, chekli to`plam 
elementlaridan tuzilgan kortejlar va ularning sonini toppish masalalari o`rganilgani 
uchun uni to`plamlar nazariyasining bir qismi sifatida qarash mumkin. Boshlang`ich 
ta‘lim va sport-tarbiyaviy ish ta‘lim yonalishi talabalariga ―Boshlang`ich matematika 
kursi nazariyasi‖ fanidan kambinatorika masalalari bo`yicha ma`ruzalar o`qimiz va 
amaliy mashg`ulotlarida olgan bilimlarini mustaxkamlaymiz. Shu boyis ularni ertangi 
kun boshlang`ich sinf o`qituvchilariga kerak bo`lgan bilmlarni beramiz. Bu yerda 
olgan nazariy bilimlarini ertaga maktabda amalda foydalanadi. Quiyda 3 sinf 
«SHARQ» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati Toshkent – 
2019 yil nashir etilgan ―Matematika‖ darsligida keltirilgan kombinatorika, mantiqiy 
masalalarga doir topshiriqlar berilgan .Kombinatorik va mantiqiy masalalar 
1. Kombinatorik masalalarda berilgan topshiriqni nechta usulda bajarish mumkinligi 
aniqlanadi. Masalan: 9, 0, 4 raqamlari berilgan. Bu raqamlardan foydalanib nechta 
uch xonali son hosil qilish mumkin? Namuna: 409; 490; ... 
2. Sinfda to`rtta o`quvchi bir-biri bilan qo`l berib ko`rishmoqda. Ko`rishishlar soni 
nechta bo`ladi? Javobingizni tajribada tekshirib ko`ring. 
3. Bo`rining inidan tulkining iniga 3 ta, tulkining inidan ayiqning iniga 2 ta yo`l bor. 
Bo`ri mehmonga borish uchun tulki inidan o`tib, ayiqnikiga nechta yo`l orqali bora 
oladi? Chizma chizib ko`rsating. 
4. Qizil, sariq va oq gullar yonma-yon ochilib turibdi. Asalari har bir gulga faqat bir 
marta qo`nishi mumkin. U hamma gullarni necha usulda aylanib chiqa oladi? 
5. Katakcha o`rniga qaysi raqamni qo`yish mumkin? Javob variantlari nechta? 
a) 2 ·( ) = 1 b) 4 ·( ) = 3 


 
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
 

 

http://www.newjournal.org/

Выпуск журнала № – 13
Часть–2_ Январь–2023
 
20 
2181-3187 
c) 6 ·( )=4 d) 7 ·( ) = 4 
6. To`rtburchak chizing. Uning burchaklarini A, B, D, E harflar yordamida belgilang. 
To`rtburchakdagi harflarni shunday ketma-ketlikda yana necha usulda belgilash
mumkin? Har bir usulni chizmada ko`rsating. 
Bo`lajak boshlang`ich sinf o`qituvchilari bu berilgan topshiriqlarni yechibgina 
qoymay, o`quvchilarga yechish metodikasini tushuntirish kerak. Bunday masala va 
topshiriqlar o`quvchilarni mantiqiy fikrlashga o`rgatadi. Boshlang`ich sinflarda 
kabinatorikaga tegishli bo`lgan masalalarni amaliy tarzda yechib ko`rsatiladi. Masalan 
quyidagicha amaliy tarzda yechib ko`rsatishimiz mumkin. 4-masala. 
1) oq, sariq, qizil 4) sariq, oq, qizil
2) oq, qizil, sariq 5) qizil, sariq, oq
3) sariq, qizil, oq 6) qizil, oq, sariq
5-masala.
a) 2·5=10 2·6=12 2·7=14 2·8=16 2·9=18
b) 4·8=32 4·9=36
c) 6·7=42 6·8=48
d) 7·6=42 7·7=49
6-masala. 
1) ABCD 4) ACDB
2) ABDC 5) ADBC
A D 3) ACBD 6) ADCB 
Biz A harfidan boshlanadigan 6 usulni keltirdik. Shunga uxshash B harfidan 
boshlanadigan 6 usul, C harfidan boshlanadigan 6 usul, D harfidan boshlanadigan 6 
usulda belgilash mumkin. Jami 24 usul bilan belgilaymiz. 
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Abdullayeva B.S., Sadikova A.V., Toshpo‗latova M.I. Boshlang`ich matematika 
kursi nazariyasi. Pedagogika oliy ta‘lim muassalari uchun
2. S.Burxonov, O‗.Xudoyorov, Q.Norqulova, N. Ruzikulova, L.Goibova 
―Matematika‖ Umumiy o‗rta ta‘lim maktablarining 3-sinfi uchun darslik «SHARQ» 
nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə