Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Ko‘k yashil yiring tayoqchasi yuqumli kasalligi qo‘zg‘atuvchisini bakteriologik diagnostikasi



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə126/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   209
Микро амалий китоб

Ko‘k yashil yiring tayoqchasi yuqumli kasalligi qo‘zg‘atuvchisini bakteriologik diagnostikasi.


Bu bakteriyalar Pseudomonadaceae oilasiga Pseudomonas avlodiga kiradi. Tipik vakili P. aeruginosa eng ko‘p kasallik keltirib chiqaradi. Ko‘k yashil yiring tayoqchasi boshqa gram manfiy ichak guruhi bakteriyalaridan fiziologik xususiyatlari bilan farq qiladi, aniqrog‘i ular uglevodlarni parchalaydi, lekin ulardan energiya sifatida foydalanmaydi, chunki uglevodlarni ular fermentatsiya qilmaydi, balki oksidlash orqali parchalaydi. SHuning uchun bu bakteriyalarni fermentatsiya qilmaydigan bakteriyalar deb ataladi. Bulardan farqlanib ichak gruppa bakteriyalari (hammasi gram manfiy) uglevodlarni fermentatsiya qiladi, oksidlab parchalamaydi. Bakteriyalarni bu xususiyatini Xyu-Leyfson testi orqali oson aniqlanadi. Xyu- Leyfson testi bakteriyalar uglevodlarni fermentatsiya yoki oksidlash yo‘li bilan parchalashini aniqlab beradi. Buning uchun glyukozali baland ustunli muhitga tekshirilayotgan kultura ukol qilib ekiladi. Birinchi probirka anaerob sharoitda, ikkinchisi esa aerob sharoitda o‘stiriladi. P. aeruginosa glyukozani faqat aerob sharoitda oksidlab (kislorod ishtirokida) parchalaydi, anaerob sharoitda parchalamaydi, ya’ni fermentatsiya qilmaydi. Ichak gruppa bakteriyalari uglevodni fermentatsiya qilganligi uchun anaerob sharoitda ham parchalaydi. Bu test bu guruh bakteriyalarni bir-biridan farqlashda ishlatiladi.

Pseudomonas aeruginosa (ko‘k yashil yiring tayoqchasi) bakteriya kulturasini ajratib olish.


Ko‘k yashil yiring tayoqchasi oziqli muhitlarga talabchan emas, oddiy muhitlarda yaxshi o‘sadi. O‘sish diapazoni 2-42°S bo‘ladi. SHuning uchun tashqi muhitda uzoq saqlanadi, odam organizmining yuqori temperaturasi ham ta’sir qilmaydi. O‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri oziqli muhitlarga bo‘lgan minimal chegaralanganligi bo‘lib, oziqli muhitlar umuman bo‘lmay qolganda ham o‘zini hayot faoliyatini yo‘qotmaydi.

    1. kun. Patologik materiallar (yiring, ekssudat, balg‘am, siydik, qon va bosh.) qonli va GPAga ekiladi. Qondan ajratib olish stafilokokk va streptokokklardan farq qilmaydi. Ekmalar 37°S da bir sutka davomida termostatga qo‘yiladi.

    2. kun. Pseudomonas aeruginosa qonli va GPAda yaxshi o‘sadi va “shilliq” hosil qiladi, bu esa bulonni va koloniyalarini shilimshiq bo‘lishiga olib keladi. R. aeruginosa tayoqchalari yumaloq, yassi, shilimshiq holdagi ko‘k-yashil pigmentli koloniyalar (S-koloniya) hosil qiladi. Ba’zi hollarda R. aeruginosa qirralari to‘lqinsimon, yuzasi notekis (margaritka) koloniyalar hosil qiladi. Pigment hosil qilishi muhim diagnostik ahamiyatga ega bo‘lib, pigmenti bakteriyani koloniyalari bo‘ylab agarga tarqaladi. Agarni rangi, bemorlardagi bog‘lovchi materiallar shu pigment rangiga ko‘k yashil rangga kiradi, tayoqchani nomi ham shundan kelib chiqgan.

Koloniyadan olib tayyorlangan nativ - «osilgan» yoki «ezilgan» tomchi preparatlar mikroskop ostida ko‘rilganda harakatchan, biroz bukilgan, Gram usuli bo‘yicha bo‘yalgan surtmada grammanfiy tayoqchalar ko‘rinadi. Ajratib olingan sof kulturalarning turini aniqlash uchun ularning biokimyoviy belgilari buyicha solishtirib ko‘riladi. Biokimyoviy xemoorganotrof qa’tiy aerob, katalaza musbat. Boshqa aeroblar singari sitoxromoksidaza sintez qiladi va oksidazani aniqlash, ichak guruhi bakteriyalaridan identifikatsiya qilishda asosiy test bo‘lib xizmat qiladi. Saxarolitik xususiyati o‘ta sust faqat glyukozani oksidlashi mumkin. Lekin, proteolitik aktivligi o‘ta yuqori. Bakteriya jelatinani emiradi, qon zardobini eritib yuboradi, kazeinni gidroliz qiladi va ko‘pchilik shtamlari qonli agarda β-gemoliz
beradi. P. aeruginosa ning patogen shtammlari oqsil tabiatli toksinlar (ekzotoksinlar) hosil qiladi. Jumladan, hujayraga ta’sir qilish xususiyatiga ega bo‘lgan gistotoksin hamda odam leykotsitlarini erituvchi biologik sinama yordamida aniqlanishi mumkin bo‘lgan - leykotsidinlardir.
P. aeruginosa o‘z hayot faoliyatida piotsinlar-bakteriotsinlar sintez qiladi. Bu moddalar gram musbat, gram manfiy bakteriyalarga bakteriotsid, hamda sezilarli fungitsit ta’sirga ham egadir.
P. aeruginosa yakunlovchi tashxisi morfologik, kultural (xarakterli pigment hosil qilishi), biokimyoviy (oksidaza testi), uglevodlarni fermentlamasligi (glyukozani anaerob sharoitda parchalamaydi Xyu-Leyfson testi) va jelatinani emirishi va boshqa xususiyatlariga asoslanib beriladi va boshqa bakteriyalar singari antibiotiklarga sezgirligi aniqlanadi.
Yiringli yallig‘lanishlarni ichak guruhiga mansub bo‘lgan bakteriyalar (E.soli, Proteus sr. va bosh.) va spora hosil qilmaydigan anaerob bakteriyalar ham keltirib chiqaradi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə