Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Qoqshol qo‘zg‘atuvchisining laboratoriya tashxisi



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə128/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   209
Микро амалий китоб

rasm.



Qoqshol qo‘zg‘atuvchisining laboratoriya tashxisi.


Qoqshol kasalligi qo‘zg‘atuvchisining taksonomiyasi: Bacillaceae oilasi, Clostridium avlodi, Clostridium tetani.
Qoqshol kasalligida olinadigan ashyo: infeksiya kirgan joydagi to‘qimadan olingan parcha, yiring, yaraning bog‘lov materiali. Anaerob sharoitda Kitta-Tarotssi muhiti, Villis-Xobbs muhiti, Vilson-Bler, anaeroblar uchun Veynberg oziq muhitlarida, 370S da 3-4 sutka davomida o‘stiriladi, zich oziq muhitda R-ko‘rinishli ingichka o‘simtalar hosil qiladi, suyuq muhitni loyqalantirib, o‘ziga xos gaz hosil qiladi. Kultura sofligini tekshirish uchun Kitta - Tarotssi muhitiga ekiladi, qiya qotirilgan qandli agarga ekib, sof kultura ajratib olinadi va morfologik, tinktorial, antigen xususiyatiga qarab turigacha identifikatsiya qilinadi.

1.Bakterioskopik usul:


  1. Bakteriologik laboratoriyada biologik ashyo infeksiya kirgan joydagi to‘qimadan olingan parcha, yiring, yaraning bog‘lov materiali,tuprok tekshiriladi.

  2. Buyum oynachasi ustida bakteriologik surtma tayyorlanadi,

  3. Tegishli bo‘yoqlar yordamida bo‘yalib, xona temperaturasida quritiladi 4.Immersion yog‘ tomiziladi va mikroskopda ko‘riladi. Bunda ko‘rish maydonida Gram musbat, to‘g‘ri, harakatchan tayoqchalar (mikroorganizmlarning xarakatchanligini osilgan tomchi, ezilgan tomchi) ko‘riladi. Qoqshol qo‘zg‘atuvchisi spora hosil qiladi, uni Ojeshko usulida bo‘yab o‘rganiladi. Mikroorganizmlarni morfologik va tinktorial xususiyatlariga ta’rif beriladi.

    1. Bakteriologik usul: Ashyo tegishli oziq muxitlarga anaerob sharoitda Tarotssi muhiti, Villis-Xobbs muhiti, Vilson-Bler, anaeroblar uchun Veynberg muhiti (zich oziq muhitda R-ko‘rinishli ingichka o‘simtalar hosil qiladi, suyuq muhitni loyqalantirib, o‘ziga xos gaz hosil qiladi) oziq muhitlarda, 370S da 3-4 sutka davomida o‘stiriladi.

Tekshiriladigan material 2 qismga bo‘linadi: 1-maxsus oziq muhitga sof kultura ajratib olish uchun, 2- biologik sinama uchun oq sichqonning orqa oyog‘i muskuli orasiga yuboriladi.

    1. Biologik usul: qoqshol kasalligini aniqlashda asosiy usul hisoblanib, bunda qoqshol mikrobini toksini aniqlanadi. Bunda tekshirilayotgan ashyo chinni idishda qum bilan yaxshilab yoziladi va zaharni ajratib olish uchun natriy xloridning izotonik eritmasini quyib aralashtiriladi, keyin esa qog‘oz filtrlardan o‘tkaziladi. Filtrdan

o‘tgan suyuqlikning bir qismi antitoksinli zardob bilan aralashtiriladi va nazoratdagi oq sichqonlar muskuli orasiga yuboriladi; sinalayotgan oq sichqonlarga esa faqat filtrdan o‘tgan suyuqlikning o‘zi yuboriladi. Sinalayotgan sichqonlar, agarda tekshirilayotgan ashyoda zahar bo‘lsa 1-kundan keyin yuqoriga ko‘tarilib boruvchi tipik qoqshol manzarasi bilan o‘lib qoladi. Nazoratdagi sichqonlar esa tirik qoladi, chunki antitoksinli zardob (anatoksin) ta’sirida zaharini neytrallanish reaksiyasi bo‘lib o‘tadi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə