Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə127/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   209
Микро амалий китоб

Profilaktikasida:


  1. Tozalangan, adsobsiyalangan stafilokokk anatoksini. Nativ anatoksindan trixloruksus kislota bilan cho‘ktirib alyuminiy gidrooksidiga adsorbsiyalangan. Stafilokokk kasalliklari aktiv immunizatsiyasida ishlatiladi.

  2. Stafilokokk vaksinasi (surunkali stafilokokk infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlarga davolash maqsadida).

  3. Stafilokokk antifagini (stafilokokk infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlarga maxsus immunoterapiya maqsadida).

  4. Stafilokokkga qarshi odam immunoglobulini.

  5. Stafilokokk bakteriofagi (stafilokokk infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlarga davolash va profilaktika maqsadida).

  6. Stafilokokk bakteriofagi stafilokokklarni fagotiplashda infeksiya manbaini aniqlashda ishlatiladi.

  7. Dik toksini (gemolitik streptokokk eritrogen toksinidan tayyorlangan bo‘lib, antitoksik immunitetni aniqlashda ishlatiladi).

  8. Streptokokk bakteriofagi (streptokokk infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlarga davolash va profilaktika maqsadida).



Jarohat infeksiyalarini keltirib chiqaruvchi anaerob bakteriyalar. Clostridum avlodiga kiruvchi jarohat anaerob infeksiyalari yirik, Gr +
tayoqchalar shaklida bo‘lib, bir-biridan tayoqchalar hajmi, sporasining joylashishi, hivchin va kapsula hosil qilish – qilmasligi, antigen xususiyatlari bilan farq qiladi. Qoqshol qo‘zg‘atuvchisining o‘ziga xos belgilari quyidagicha: Gr+ tayoqcha, peritrix xivchini bor, sporasi terminal joylashgan, baraban tayoqchasiga o‘xshash, kapsula hosil qilmaydi. Kultural xususiyatlari boshqa anaeroblardan farq qilmaydi. Biokimyoviy xususiyatlari sust rivojlangan. Kuchli ekzotoksin ishlab chiqaradi. Toksini kasallikning asosiy patogenezini namoyon qiladi. Ta’sir mexanizmiga qarab 2 ga bo‘linadi:
1. Tetanolizin – eritrotsitlarni lizis qiladi. 2.Tetanospazmin – nerv to‘qimasini shikastlaydi va ko‘ndalang targ‘il musqullarni qisqarishi kuzatiladi. Kasallik odamlarga bemor odam va hayvonlardan ifloslangan tuproq, teri orqali yuqadi. Kasallik asosiy belgilari bakteriya va uning toksini qonga o‘tib butun organizmga tarqalishidan namoyon bo‘ladi. Dastlab chaynash va mimika musqullari qisqarishi kuzatiladi. Keyin periferik nerv tolalari orqali orqa miya oldingi shoxlarini shikastlab harakat markaziga boradi. Natijada ensa, orqa, qo‘l, oyoq musqullari qisqarib bemor tanasi egilgan yoy shaklida egilib qoladi, ammo esi joyida qoladi. O‘lim asfiksiyadan kelib chiqadi.

Qoqshol

Botulizm

Gazli gangrena








  1. Yüklə 5,17 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə