Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə122/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   209
Микро амалий китоб

Uchinchi bosqichda 18-24 soatdan keyin qiyshiq agar termostatdan olinib, unda o‘sib chiqqan kultura o‘rganilib, patogenlik belgilarini aniqlash maqsadida
plazmakoagulaza reaksiyasi qo‘yiladi. Buning uchun ikki marta suyultirilgan qon plazmasi 0,5 ml dan probirkalarga quyiladi va ularga qovuzloq yordamida tekshirilayotgan stafilokokning sof kulturasi solinadi va 370S li termostatda 18-24 soatgacha qoldiriladi. YUqorida ko‘rsatilgan muddat tugagandan keyin tajriba natijasi kuzatiladi. Agar stafilokokk kulturasi plazmakoaglaza fermenti ajratib chiqarsa, unda plazma ivib qoladi. Bundan tashqari yana bu erda stafilokokk kulturasini antibiotikga sezgirligi ham aniqlanadi.
To‘rtinchi bosqichda o‘rganilgan stafilokokk kulturasini patogenlik, antibiotikka sezgirligi, qonli agarlarda gemoliz zona hosil qiladigan kulturalarni patogen kultura deb hisoblanadi. Agarda ajratib olingan kulturada yuqorida ko‘rsatilagn belgilarni birortasi bo‘lmasa, unda patogenlikning boshqa belgilari (dermonekrotik sinama, DNK-aza bor yo‘qligi, gialuronidaza va boshqalar) aniqlanadi.
Ovqatdan zaharlanish holatlarida stafilokokkning etiologik rolini aniqlash maqsadida biologik usuldan foydalaniladi. Bunda zaharlanishga sabab bo‘lgan ovqat qoldiqlari mushuk bolalariga edirib ko‘riladi yoki zond orqali me’daga yuboriladi.
Kuzatilayotgan ashyoda enterotoksin bo‘lsa, 30-60 minutdan so‘ng mushuk bolalarida qayt qilish, ich ketish alomatlari paydo bo‘ladi.
Ba’zi hollarda, plazmokoagulaza va letsitovitellaza bilan bir qatorda boshqa fermentlar - fibrinolizin, gialuronidazalar va quyonda o‘tkaziladigan dermonekrotik sinama qo‘yib aniqlanadi.

Streptokokkli infeksiyasining laboratoriya tashxisi.


Patogen steptokokklar – Streptococcus pyogenes - Streptococcaceae oilasi, Streptococcus avlodiga mansub bo‘lib, angina, sepsis, septik endokardit, saramas, skarlatina va turli yiringli jarayonlarni keltirib chiqaradi. Streptokokidan chaqiriladigan bir qator kasalliklar surunkali kechishga moyil hisoblanadi. Tez-tez retsidivlar kuzatilib qiyin davolanadi (revmatizm, endokarditlar va b.). Patogen streptokokklardan tashqari og‘iz bo‘shlig‘i va odam ichakida saprofit nopatogen (enterokokklar) ham uchraydi.
Jadval 12.




Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə