Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə119/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   209
Микро амалий китоб

Nazorat savollari.


1.Immun tizimning markaziy va periferik a’zolariga ta’rif bering 2.T-limfotsitlar va ularning subpopulyasiyasi.
3.V-limfotsitlar va ularning subpopulyasiyalari. 4.Immun statusni aniqlash usullarini tushuntiring.
5.T-ROK ni qo‘yish texnikasini tushuntiring.

  1. V-ROKni qo‘yish texnikasini tushuntiring.

  2. Vaksina va zardoblar tasnifini ayting.

  3. Tirik va o‘ldirilgan vaksinalar olinishi va qo‘llanishi.

  4. Kimyoviy va gen injeneriyasi bilan olinadigan vaksinalar.

ΙΙ BOB. XUSUSIY MIKROBIOLOGIYA

Bu bo‘limda oliy ma’lumotli hamshira fakulteti talabalari asosiy mikrobiologik tashxis qo‘yish usullari, tekshiriluvchi ashyoni olish qodalari, profilaktika va davo chora-tadbirlari to‘g‘risida ma’lumot olishadi.




  1. Mashg‘ulot


Mavzu: Yiringli va jarohat infeksiyalarni chaqiruvchi mikroorganizmlar. Stafilokokk, streptokokk, ko‘kyiring tayoqchasi, gazli gangrena, qoqshol qo‘zg‘atuvchilari keltirib chiqaradigan kasalliklar laboratoriya tashxisi.


Mashg‘ulot rejasi.

1.Stafilokokklarning morfologik va kultural xususiyatlariga ta’rif berish.


3. Stafilokokklarning fermentativ xususiyatiga ta’rif berish. 4.Streptokokklarning morfologik va kultural xususiyatlariga ta’rif berish.

  1. Streptokokklarning antigenlik xususiyatiga ta’rif berish.

  2. Ko‘k yiring tayoqchasining kultural, morfologik xususiyatlariga ta’rif berish.

  3. Gazli gangrena qo‘zg‘atuvchisining kultural, morfologik va antigenlik xususiyatlariga ta’rif berish.

  4. Qoqshol qo‘zg‘atuvchisining laboratoriya tashxisi va profilaktikasi.

Namoyish qilish.


  1. Stafilokokk va streptokokklarning sof kulturasidan tayyorlangan surtmalar.

  2. Stafilokokk va streptokokklarning qonli agarda o‘sgan sof kulturasi gemolitik stafilokokk va streptokokklarning qonli agarda o‘sishi (α va β gemolizlar).

  3. Stafilokokklarni tuxum sarig‘i qo‘shilgan tuzli agarda letsitinaza aktivligini ko‘rish.

  4. Ko‘k yiring tayoqchaning sof kulturasi va undan tayyorlangan surtmalar.

  5. Yiringli-yallig‘lanish kasalliklarni keltirib chiqaruvchi spora hosil qilmaydigan anaerob (Peptococcus sp., Peptostreptococcus sp., Bacterioides sp.,Veillonella sp.) bakteriyalar kulturasidan tayyorlangan surtmalar

  6. Stafilokokk faglarining xalqaro to‘plami, stafilokk autovaksinasi, stafilokokk anatoksini.

Yiringli-yallig‘lanish va jarohat yuqumli kasalliklarini keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar qo‘zg‘atuvchilari har xil bakteriyalar bo‘lib, ular turli tartibga, oilaga, zotga va turlarga kiradi. Ular orasida aerob va anaerob shakldagi grammusbat va grammanfiy tayoqchalar va kokklar uchraydi. Ular turli a’zolarni: yuqori nafas yullari, ichak, siydik-tanosil a’zolari, teri qatlamlarini shikastlaydi, sepsisni qo‘zg‘atadi. Ulardan ba’zilari faqatgina yiringli va jarohat infeksiyalar qo‘zg‘atuvchilari bo‘lmay, balki nozologik shakldagi kasallik qo‘zg‘atuvchilari bo‘lib hisoblanadi. Masalan, streptokokklar yiringli infeksiyalar hisoblangan streptodermiya, chipqonlar bilan bir qatorda, skarlatina, kataral angina, glomerulonefrit va saramaslarni qo‘zg‘atadi.
Stafilokokk, streptokokk, proteylar, ichak tayoqchalari va anaerob bakteriyalar ko‘pincha o‘zaro yoki boshqa mikroorganizmlar - viruslar, zamburug‘lar bilan birgalikda (jarrohlik operatsiyalar asoratlarida) aralash infeksiyalarni keltirib chiqaradi. Yiring yoki ajralayotgan boshqa suyuqlik chegaralangan jarohatlarda (flegmoni, absess, karbunkul, peritonit va b.) tekshirish uchun material bo‘lib hisoblanadi. Infeksiyaning tarqoq formalarida esa (sepsis, septikopiemiyada) venadan ekish uchun qon olinadi.
Anaerob bakteriyalar (bakteroidlar, peptokokklar, peptostreptokokklar va veylonellalar va spora hosil qiluvchi Cl. perfringens, Cl oedematiens Cl.sordellii, Cl. novyi, Cl.histolyricum, Cl. septicum, Cl. tetani) qat’iy anaerob sharoitlarda, material olishning muayyan qoidalariga amal qilingan holda oziqli muhitlarga ekiladi va anaerob sharoitlarda inkubatsiya qilinib ajratib olinadi.
Jadval 11.
Yiringli-yallig‘lanish va jarohat yuqumli kasalliklarini keltirib chiqaruvchi
mikroorganizmlar

Aerob bakteriyalar

Spora hosil qilmaydigan anaerob bakteriyalar

Spora hosil qiladigan anaerob bakteriyalar

Staphylococcus sp. Streptococcus sp. Pseudomonas aeruginosa Escherichia. coli va bosh.

Peptococcus sp. Peptostreptococcus sp Bacterioides sp.
Veillonella sp.

Cl. perfringens, Cl oedematiens Cl.sordellii, Cl. novyi, Cl.histolyricum, Cl. septicum, Cl.romosum, Cl. tertium, Cl.difficile, Cl. bifermentans.
Cl. tetani




Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə