Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Immunokompetent hujayralarni



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə116/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   209
Микро амалий китоб

Immunokompetent hujayralarni absolyut ko‘rsatkichlari quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.
A x B
X = 100
Bu erda: A - 1 mkl qondagi leykotsitlar miqdori B - limfotsitlarni nisbiy miqdori, %
Masalan: 1 mkl qonda leykotsitlarni miqdori 6200, limfotsitlar 28%
6200 x 28 : 100 = 1736 ya’ni 1 mkl qonda 1736 ta limfotsitlar bor ekan.
SHu formula orqali T va V limfotsitlarni absolyut miqdorini aniqlash
mumkin, formuladagi leykotsitlar o‘rniga limfotsitlarni absolyut miqdori va limfotsitlarni nisbiy miqdori o‘rniga T yoki V limfotsitlarni nisbiy miqdori qo‘yiladi. Masalan T – limfotsitlar periferik qonda 57% topildi, uning absolyut miqdori 1736 x 57 : 100 = 989 1 mkl teng. Qolgan limfotsitlarning absolyut miqdori ham shunday usulda hisoblab topiladi.
Teri-allergik sinamasini qo‘yish va baholash. Maxsus individual sensibilizatsiyani (sezuvchanlikni) aniqlash uchun sil, brutsellyoz va boshqa (allergenni tirnab teriga
kiritish) yo‘l va teri orasiga qo‘yiladi. Masalan, Mantu reaksiyasini qo‘yishda, tuberkulin shpritsi bilan teri orasiga tuberkulinning ma’lum konsentratsiyasi yuboriladi. Reaksiya 24 va 48 soatdan so‘ng, qizarish darajasiga ko‘ra aniqlanadi. Sinama yuborilgan joyda qizarish (papula) yoki infiltratning kattaligi 5 mm bo‘lsa +, 1 sm gacha ++, 1 sm va undan katta +++ bo‘lsa reaksiya musbat xisoblanadi hamda vezikulalar va limfangitlar borligi bilan ham aniqlanadi. yuqumli va boshqa allergik kasalliklarda teri-allergiya sinamasi qo‘yiladi. Allergik sinamalar ko‘pincha bilakning ichki yuzasiga skarifikatsion (allergenni tirnab teriga kiritish) yo‘l va teri orasiga qo‘yiladi. Masalan, Mantu reaksiyasini qo‘yishda, tuberkulin shpritsi bilan teri orasiga tuberkulinning ma’lum konsentratsiyasi yuboriladi. Reaksiya 24 va 48 soatdan so‘ng, qizarish darajasiga ko‘ra aniqlanadi. Sinama yuborilgan joyda qizarish (papula) yoki infiltratning kattaligi 5 mm bo‘lsa +, 1 sm gacha ++, 1 sm va undan katta +++ bo‘lsa reaksiya musbat hisoblanadi hamda vezikulalar va limfangitlar borligi bilan ham aniqlanadi.
Vaksinalar – immunobiologik preparatlar bo‘lib, aktiv immunoprofilaktik maqsadda qo‘llaniladi, ya’ni aniq yuqumli kasallikga nisbatan organizmni berilmaslik xususiyatini shakllantiradi. Vaksinalar quyidagi ko‘rinishlarda olinadi:

  • bakteriya va viruslarni mukammal tanasidan (tirik va o‘ldirilgan);

  • bakteriya va viruslarni alohida antigenlarini ajratib olish (ko‘proq protektiv antigenlar, vi-Ag qorin tifida, HBs-Ag gepatit V virusida) orqali;

  • mikrorganizmlar toksinlaridan (anatoksinlar, qoqshol, gazli gangrena, bo‘g‘ma);

  • mikroorganizmlar Ag ni sun’iy sintez qilish orqali;

  • genli injeneriya usullarida olingan vaksinalar.

Tirik vaksinalar virulentlik xususiyati butunlay pasaytirilgan, lekin immunogen xususiyatlarini saqlab qolgan mikroorganizmlardan tayyorlanadi (kuydirgi, brutsellyoz, poliomielit, Ku – isitmasi, gripp, qizamiq, parotit va b.).


    1. Yüklə 5,17 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə