Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə112/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   209
Микро амалий китоб

Makrofaglar - immun javobda qatnashuvchi asosiy hujayralardan biri hisoblanadi. Makrofaglar antigenni faqat fagotsit qilibgina qo‘ymay, uning asosiy antigen xususiyatlarini aniqlab, bu o‘ta muhim informatsiyani T-xelper va V – limfotsitlarga etkazadi va immun javobni hujayralararo koperatsiyalarida qatnashadi. SHuning uchun makrofaglarni antigen prezentant hujayralar (antigenni namoyish qiluvchi) deb ham ataladi.
Immun yallig‘lanish reaksiyalarini ko‘plab sitokinlar boshqaradi va qaysi hujayralar ishlab chiqarilishiga qarab interleykinlarga (IL 1 -16), monokinlarga va limfokinlarga bo‘linadi. Biologik aktivligiga qarab hamma sitokinlar 3 ta guruhga bo‘linadi:

  1. YAllig‘lanish jarayonlarini boshqaruvchi – sitokinlar. Bularga kiradi: IL-8, Pf

-4 (trombotsitar faktor), MIP-1a ( makrofagal yalig‘lanish oqsili), MRS-1(makrofagal xemotoksik faktor), RD-GF (trombotsitar o‘sish faktori), IL-1, IL-6, TNF-α, CSF, TGF-β (transformatsiyalovchi o‘sish faktori).

  1. Asosiy sitokinlar- antigenspetsifik “hujayra” tipidagi immun javobni boshqaruvchi. IL-1, IL-6, INF-γ, IL-12, TGF- γ, IL-10.

  2. Asosiy sitokinlar- antigenspetsifik “gumoral” tipidagi immun javobni boshqaruvchi. IL-6, IL-10, IL-13, IL-14, INF-γ, TGF- γ.

Sitokinlar ta’siri organizmdagi fiziologik, patofiziologik reaksiyalar bilan uzviy bog‘liqdir. Bu esa organizimning lokal va sistemali ximoya mexanizmlarini modulyasiya qiladi.Sitokinlarni asosiy vazifasi organizmning patogen agentga nisbatan immun, endokrin, nerv va yallig‘lanish sistemalarni ishini muvofiqlashtirishga qaratilgandir.
Immun tizimga baho berish usullari. Meditsina immunologiyasining fan sifatida shakllanishi odam immun tizimiga baho berishni maxsus usullarini ishlab chiqilishi bilan uzviy bog‘liqdir. Oxirgi yillarda Butun dunyo sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) immunologlar oldiga bir necha bor, immun tizim faoliyatidagi buzilishlarni aniqlashda qator vazifalar qo‘ygan. Buning natijasida aniq takliflar vujudga keldi va BSST texnik ma’ruzalarida o‘z aksini topdi.
Odam immun tizimining faoliyatini to‘laqonli funksional baholash to‘g‘risida ma’lumot olish quyidagicha rejalashtirilib o‘rganiladi: T-sistema va V-sistema limfotsitlar; tabiiy killerlar; organizm to‘qima, kasallik qo‘zg‘atuvchilarni antigenlariga qaratilgan maxsus hujayra va gumoral reaksiyalar; rezistentlik faktorlari, inteleykinlar, interferonlar. Odam immun sistemasi faoliyatiga baho berish quyidagi gruppalarga bo‘linadi:

  • aylanib yuruvchi umumiy T-limfotsitlarni aniqlash (qo‘y eritrotsitlari bilan E- rozetka hosil qilish, anti-T –zardob bilan sitotoksik test, oqib o‘tuvchi sitoflyuorimetriya yoki immunomagnit marjon qo‘llash orqali SD3, SD11 markerlarni registratsiya qilish);

  • T - limfotsitlarni miqdori boshqaruvchi subpopulyasiyalari-T-supressor va T- xelperlarni (IgG va IgM immunoglobulinlarni eritrotsitlarga adsorbsiya qilinib rozetka hosil qilish, SD4 va SD8 antitelalar bilan oqib o‘tuvchi sitoflyuorimetriya usuli) aniqlash;

  • V - limfotsitlarni aktivligi va miqdorini aniqlash (EAS – ROK, antiglobulin antitela bilan immunoflyuressensiya, EM-ROK va SD19 va SD20 antitelalar bilan oqib o‘tuvchi sitoflyuorimetriya usuli);

  • V -limfotsitlarni funksional aktivligini aniqlash (LPS mitogeni

bilan V- blast transformatsiya usuli va immunoglobulinlar G, M, A, E, D qon zardobidan, immunglobulinlar sintezini in vitro);

  • killer reaksiyalari yordamida tabiiy killerlarni funksional aktivligini aniqlash;

  • antigenga qarshi hujayra effektor reaksiyalari (migratsiyani ingibitsiya qiluvchi faktor, T-limfotsitlarni killer aktivligini, antigen bog‘lovchi limfotsitlarni,

antigen yordamida T-limfotsitlarni o‘stirish orqali blast transformatsiya usulida aniqlash);

  • o‘ta sezgirlikning tez va sekin asta yuzaga chiquvchi reaksiyalari intensivligiga baho berish;

  • turli antigenlarga (to‘qima va kasallik qo‘zg‘atuvchilari) qarshi antitelalarni aniqlash orqali gumoral effektor reaksiyalarni o‘rganish;

  • rezistentlik faktorlarini o‘rganish (fagotsitoz, qon zardobini komplementar aktivligi, semiz hujayralarni funksional aktivligi, eozinofillar, bazofillar);

  • sitokin va ularga nisbatan eruvchan retseptorlarni aniqlash (interleykinlar, interferonlar);

  • immunogistologik tekshiruvlar;

  • immunogenetik antizardob yoki zanjirli polimeraza reaksiyasi orqali tekshiruvlar (HLA);

  • genotipik va fenotipik tiplarini, zardob oqsillarini allotipini, immun sistemaning genotipik nuqsonlarini aniqlash.

YUqorida keltirilgan yondoshuvlar immun tizim faoliyatiga va uning funksional holatiga to‘liq baho bera oladi. Ammo, shuni aytish lozimki keltirilgan usullarni to‘liq qo‘llab odam immun tizimiga baho berish klinik amaliyotda deyarli mumkin emas. SHuning uchun rossiya olimlari R.V. Petrov boshchiligida immunologik usullarni o‘rganib chiqib, ularni bajarish murakkabliklarini hisobga olgan holda immun tizimga baho berish testlarini ikkita darajaga bo‘lishgan.
I - darajasi, dastlabki baho, II - darajasida esa immun tizimga chuqurlashtirib tekshirish orqali baho beriladi.
Immunologik tekshiruvlarning I - darajasi quyidagi usullarda baho beriladi:

  1. periferik qondagi limfotsitlarni nisbiy va absolyut miqdoriga baho berish;

  2. T va V limfotsitlarni nisbiy va absolyut miqdoriga E va EM – rozetka hosil qilish testlari orqali aniqlash;

  3. qon zardobi tarkibidagi asosiy immunoglobulinlar klassini (G, M, A) miqdorini aniqlash;

  4. neytrofillarni fagotsitar aktivligini o‘rganish.

Agar I - darajali dastlabki baho berishda immun tizimda kamchiliklar kuzatilsa maxsus laboratoriyalarda II - darajada immunologik tekshiruvlar o‘tkaziladi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə