Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə111/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   209
Микро амалий китоб

T-limfotsitlar sistemasi timus va limfoid organlarni timusga aloqador zonasidan iborat bo‘lib, ko‘payotgan va shakllanayotgan T-limfotsitlar tutadi. Timus- bu sistemani asosiy organi hisoblanadi. Timusda o‘zak hujayralaridan T-limfotsitlar shakillanadi. Timusda maxsus hujayralar (epitelial enaga, dendrit) va timus gormonlari ishtirokida bu limfotsitlar shakllanib, turli funksiyalar bajaruvchi T- limfotsitlar subpopulyasiyasiga aylanadi.
Bularni ko‘pchiligi T-xelper nomini olishgan (ing.so‘z to help-yordam berish). Bu limfotsitlar V- limfotsitlarni antitela sekret qiluvchi va T -effektor hujayralarni shakllanishiga yordam beradi. Ikkinchi guruh limfotsitlar T-supressor deb nomlanadi (ing.so‘z to suppress-bosuvchi) immun javobni bosib turadi, ya’ni immun javobni antigenga qarshi kuchi va muddatini boshqaradi. Uchinchi guruh limfotsitlari T-killer (ing.so‘z to kill-o‘ldirovchi) deb nomlangan. T-effektorlar hisoblanadi. Bu limfotsitlar old faoliyatli (predshestvenniki) hujayralar bo‘lib timusda shakllanib, timusni tashlab chiqadi va qon orqali organizmdagi hamma limfoid organlardagi timus zonasiga boradi va antigen ta’sirida effektor hujayralarga aylanadi. T- limfotsitlar va ularni subpopulyasiyalari organizmda hujayra tipidagi immun javobni shakllantiradi. Timusni tashlab chiqqan T-limfotsitlar timusni doimo ta’sirida bo‘ladi, chunki timusda ishlab chiqarilayotgan bir qator boshqaruvchi peptidlarga nisbatan bu limfotsitlarda retseptorlar mavjud.
V-limfotsitlar- markaziy organi suyak ko‘migi (SK) hisoblanadi. SK da V- limfotsitlar shakllanadi va qon bilan organizmdagi hamma limfoid organlardagi V- zonasiga boradi va bu erda antigen ta’sirida antitela sintez qiluvchi plazmatik hujayralarga aylanadi. V-limfotsitlar organizmda gumoral immun javobni shakllantiradi.
Nol” limfotsitlar - bunday nomlanishni T va V limfotsitlarga nisbatan alternativ qilib olingan. Bular ham suyak ko‘migida shakllanadi va butun organizimdagi limfoid organ va to‘qimalarga tarqaladi.
Ularning asosiy qismini tabiiy killerlar tashkil qiladi va organizmda juda muhim bo‘lgan funksiyalarni (rak, virus bilan zararlangan hujayralarni o‘ldiradi) bajaradi. Vaholanki bu jarayon juda qisqa 4 soat ichida amalga oshiriladi. Ikkinchi qator “nol” limfotsitlarga K-hujayralar kiradi, ularni birinchi tip hujayralardan farqi begona hujayralarni antitela yordamida topadi (membranasida antitelani Fc fragmentiga nisbatan retseptor mavjud) va yo‘q qiladi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə