Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Stafilokokk yuqumli kasalliklarining bakteriologik diagnostikasi



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə120/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   209
Микро амалий китоб

Stafilokokk yuqumli kasalliklarining bakteriologik diagnostikasi.


Stafilokokklar Micrococcaceae oilasi, Staphylococcus avlodiga mansub bo‘lib, uchta turi: Staphylococcus aureus, Staphylococcus epidermidis, Staphylococcus saprophyticus farqlanadi.


Stafilokokklarning asosiy patogen kasalliklarini Staphylococcus aureus keltirib chiqaradi. Kam hollarda epidermal va saprofit turlari ham kasallik chaqirishi mumkin.
Stafilokokklar asosan yiringli yallig‘lanish kasalliklarini chaqirishi bilan bir qatorda, ko‘pgina somatik va jarrohlikdan keyingi asoratlarni ham keltirib chiqaradi. Stafilokokkli infeksiyalarga furunkulyoz, karbunkulyoz, abssess, flegmona, panaritsiya, gidroadenit, zotiljam, osteomielit, sepsis va boshqalar kiradi. Bundan tashqari stafilokokk enterotoksinlari tushgan oziq-ovqatlardan zaharlanishlar, ya’ni ovqat intoksikatsiyasini ham chaqiradi.
Metodik ko‘rsatmalar.
1.Mikroskopik usul:1.Bakteriologik laboratoriyada biologik ashyo yiring, qon, qusuq massalari tekshiriladi. 2. Buyum oynachasi ustida bakteriologik surtma tayyorlanadi. 3.Tegishli bo‘yoqlar yordamida bo‘yalib, xona temperaturasida quritiladi, stafilokokklar uzum shingili shaklida, Gramm musbat bo‘yaladi.

  1. Immersion yog‘ tomiziladi va mikroskopda ko‘riladi. Bunda ko‘rish maydonida mikroorganizmlarni morfologik va tintorial xususiyatlariga ta’rif beriladi.

    1. Bakteriologik usul: 1) Biologik ashyo tegishli oziq muhitlarga ekiladi. Ekmani termostatda 18-24 soatga 37 0S da qoldiriladi. 2) 2chi kun ekma termostatdan olinadi, kultural xususiyatlariga ta’rif beriladi. Aralash kulturadan sof kultura ajratib olish uchun qiya qotirilgan agarga ekiladi va termostatda 18-24 soatga 37 0S da qoldiriladi. 3) 3chi kun qiya qotirilgan agardagi sof kultura eritiladi va Petri kosachasiga quyiladi va mikroblarning antibiotiklarga sezgirlik xususiyatlarini o‘rganish uchun antibiotik shimdirilgan qog‘oz disklar qo‘yiladi. Ekmani termostatda 18-24 soatga 37 0Sda qoldiriladi.

Natijada: qo‘zg‘atuvchini antibiotiklarga sezgirlik xususiyatlari, fermentativ xususiyatlari o‘rganib chiqiladi va barcha xususiyatlari asosida qo‘zg‘atuvchining turlari aniqlanib oxirgi tashxis qo‘yiladi.
Stafilokokkli infeksiyalarda olinadigan biologik ashyo: yiring, qon, qusuq massalari. Maxsus oziq muhitlarga: Tuxum-sariqli - tuzli agar, sut - tuzli agar, CHepmen - Berns muhiti, qonli agar, shokoladli agarga ekiladi, termostatda 370S 18- 24 soatga qoldiriladi. Zich oziq muhitlarda S-ko‘rinishli tilla rangli koloniya hosil qiladi, suyuq muhit bir xil quyqa hosil qiladi. Kulturaning sofligi, morfologik, tinktorial, kultural xususiyatlarini o‘rganiladi.


    1. Yüklə 5,17 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə