Amaliy mashg‘ulot Amaliy ish 1.
T – ROK reaksiyasini qo‘yish.
Kerakli ingridientlar: Leykokonsentrat. Eritrotsitar diagnostikum. 0,2 ml leykokonsentrat, 0,2 ml eritrotsitar diagnostikum.
1 soat xolodilnikda ushlanadi va 1 tomchi glyutar aldegid tomizib aralashtirilib 5000 aylana/min sentrifugada 5 minut aylantiriladi. CHo‘kmasi olinib surtma tayyorlanadi. Nikiforov aralashmasi bilan fiksatsiyalab, Romanovskiy-Gimza usulida bo‘yaladi, immersion yog‘ tomizilib mikroskopning immersion sistemasida ko‘riladi. Limfotsit atrofida 3 ta va undan ortik eritrotsit birikib rozetka xosil kilsa sanab chikiladi. Sog‘lom odamlarda normada 100 ta limfotsitdan 60% rozetka hosil kiladi.
Amaliy ish 2
V– ROK reaksiyasini qo‘yish. V – ROK reaksiyasini qo‘yish.
V-limfotsitlarni S3-komplement fraksiyasi EAS-ROK usulida aniklash.
Komplementni S3 fraksiyasi (manba sifatida sichkon koni ishlatiladi).
«0» gurux eritrotsit.
SHu eritrotsitga qarshi gemolitik kon zardobi.
1 soat xolodilnikda ushlanadi va 1 tomchi glyutar aldegid tomizib aralashtirilib 5000 aylana/min sentrifugada 5 minut aylantiriladi. CHo‘kmasi olinib surtma tayyorlanadi. Nikiforov aralashmasi bilan fiksatsiyalab, Romanovskiy - Gimza usulida bo‘yaladi, immersion yog‘ tomizilib mikroskopning immersion sistemasida ko‘riladi. Limfotsit atrofida 3 ta va undan ortik eritrotsit birikib rozetka hosil kilsa sanab chiqiladi. Sog‘lom odamlarda normada 100 ta limfotsitdan 60% rozetka hosil qiladi.
Amaliy ish 3.
Stafilokokk kulturasidan qizdirish yo‘li bilan o‘ldirilgan vaksina tayyorlash. Ish tartibi:
1.Stafilokokk kulturasidan surtma tayyorlash va kultura sofligini baholash. 2.Mikrob suspenziyasini tayyorlash
Tayyorlangan suspenziyani toza probirkaga quyib spirtovka alangasida qaynaguncha qizdiriladi.
Olingan eritmani yangi tayyorlangan GPAga shtrix usulda ekib termostatga qoldiriladi.
Dostları ilə paylaş: |