Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya


Immunokompetent hujayralarni monoklonal antitelalar bilan bilvosita rozetka hosil qilish usulida aniqlash



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə115/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   209
Микро амалий китоб

Immunokompetent hujayralarni monoklonal antitelalar bilan bilvosita rozetka hosil qilish usulida aniqlash.


Usulning mohiyati shundan iboratki limfotsitlar monoklonal antitela retseptori bo‘lsa, yuzasida mAT bo‘lgan eritrotsitlarni biriktirib rozetka hosil qiladi. Bu usul o‘zining oson qo‘yilishi, etarli maxsusligi bilan ajralib turadi va klinik laboratoriyalarda keng qo‘llanilib kelinmoqda. Hozirgi kunda ko‘proq quyidagi immunkompetent limfotsit hujayralarning markerlari mAT lar bilan aniqlandi. SD3- T-limfotsitlar, SD4- xelper/induktorlar, SD8-T supressor/sitotoksik limfotsitlar, SD19- V-limfotsitlar, SD16-tabiiy killerlar. Qo‘llanilayotgan usulda OOO Sorbent, Rossiya (Moskva) ishlab chiqargan monoklonal antitelalardan foydalanish mumkin.

Immunokompetent hujayralarni aniqlash uchun mAT li eritrotsitar diagnostikumlar tayyorlash.


T-limfotsitlarni (SD3) eritrotsitar diagnostikumi quyidagi usullarda tayyorlandi. 1% odamni Ι (0) guruh Rh(-) eritrotsitlariga (0,1ml) 5mkl monoklonal antitela va ustiga 50 mkl 0,3% xlorid xrom eritmasi qo‘shildi. Hosil bo‘lgan suspenziya 5 daqiqa silkitib turilib, uch marotaba sentrifugada 1500 ay/min. fiziologik eritmada yuvildi. So‘ngra suspenziya 5 daqiqa 1% albumin eritmasida (nospetsifik reaksiyalarni oldini olish uchun) inkubatsiya qilinib 2 marotaba fiziologik eritmada sentrifugada 1500 ay/min qayta





  1. rasm. Immunokompetent hujayralarni mAT yuklangan eritrotsitar diagnostikum bilan bilvosta rozetka hosil qilish usuli bilan aniqlashni sxematik ko‘rinishi.

yuvildi va eritrotsitar diagnostikumni ishchi konsentratsiyasi 2,5% etkazildi. SHunday usulda SD4- xelper/induktorlar,SD8- T supressor/sitotoksik limfotsitlar, SD19- V-limfotsitlar, SD16-tabiiy killerlar o‘zlariga mos monoklonal antitelalar qo‘llanilib tayyorlanadi.
Har bir limfotsitlarga baho berish quyidagicha amalga oshiriladi. Limfotsitlarni ishchi suspenziyasi va har bir tayyorlangan monoklonal antitelali diagnostikumdan 0,1 ml olinib aralashtirildi va 800 ay/min sentrifuga qilinib 1 soat muzlatkichda saqlanadi. Suspenziya sekin-sekin silkitib resuspenziya qilinadi va rozetkalar stabil bo‘lishi uchun 2,5% glyutar aldegid eritmasi tomizilib, cho‘kmadan surtma tayyorlanadi, fiksatsiya qilinib, bo‘yaladi va mikroskopda sanaladi. Bu usulda ham limfotsitlar o‘z atrofida 3 yoki undan ko‘p eritrotsitlarni biriktirib olsa rozetka deb hisoblandi. Umumiy limfotsitlar 100 dan 200 sanaladi. Immunokompetent hujayralarni mAT yuklangan eritrotsitar diagnostikum bilan bilvosta rozetka hosil qilish usuli bilan aniqlashni sxemasi 50 rasmda keltirilgan.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə