Karimova shoira mikrobiologiya va immunologiya, virusologiya



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə121/209
tarix22.03.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#102926
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   209
Микро амалий китоб

Serologik usul:1.Bemordan sepsisga gumon kilinganda ashyo sifatida 8-10 ml qon olinadi va qandli bulonga ekiladi.

2. Ana shu qondan zardob ajratib olinadi va shu zardob bilan serologik reaksiya o‘tkaziladi. Serologik reaksiyalarga: Immunoferment analiz. (IFA) reaksiyasi va Polimeraza zanjir reaksiyasi ishlatiladi.
4.Biologik usul:1. Laboratoriyaga kelgan ashyo laboratoriya hayvonlariga (sichqon, kalamush, dengiz cho‘chqasi, kuyon, it, mushuk, maymun) tegishli usullar yordamida infeksiya yuqtiriladi.
2.Xayvonlarga og‘iz, nafas yo‘llari teri ostiga, qorin osti soxasiga kiritiladi.
Ma’lum vaqtdan keyin hayvonlardagi o‘zgarishlari tekshiriladi.

Stafilokokli infeksiyali bemorlardan ashyo olish qoidalari.


Stafilokokkli infeksiyalarda: Tekshiriladigan ob’ektlar sifatida burun va tomoqdan olingan yiring, balg‘am, shilimshiq, yallig‘lanish ekssudati, siydik, qon ahlat, qusuq moddalari, oshqozon chayilgan suv, plevra, teri, jinsiy a’zolar va boshqa a’zolardan biologik suyuqliklar, oziq-ovqatlar (tvorog, sut, tort, kremlar va boshqalar) tekshiriladi.
Laboratoriya tashhisini birinchi bosqichida bakterioskopik usuldan foydalaniladi. Bunda yiringli jarayonlarda yallig‘langan organlardan yiring yoki ekssudat olinib, preparat (surtma) tayyorlab Gramm usulida bo‘yaladi va mikroskop ostida kuzatiladi. Surtmada Grammusbat bo‘yalgan va uzum shingiliga o‘xshagan sharsimon mikroorganizmlar ko‘rinsa, unda stafilokokk mikrooorganizmi borligi aniqlangan bo‘ladi. Bakteriologik usulda: yiring yoki ekssudatni sut tuzli agar yoki tuxum sarig‘i qo‘shilgan tuzli agar, 5%li qonli agar va boshqa oziq muhitlarga ekib, keyin mikroorganizmlar ekilgan Petri kosachalarini 18-24 soatgacha termostatda saqlanadi.
Ikkinchi bosqichda esa mikroorganizmlar ekilgan Petri kosachalari termostatdan olinib, unib chiqqan koloniyalar o‘rganiladi. Agarda gumonli koloniyalar borligi aniqlansa, unda bu koloniyadan surtma tayyorlab, Gramm usulida mikroskop ostida kuzatiladi va sof kultura ajratib olish uchun qiya qotirilgan oddiy agarga ekib 18-24 soatgacha termostatda qoldiriladi.


50-rasm. Stafilokokklar

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə