Kartalarni tuzish va ularni nashrga tayyorlash jarayonidagi uslublar va tasniflash



Yüklə 9,19 Kb.
səhifə3/4
tarix26.10.2023
ölçüsü9,19 Kb.
#130994
1   2   3   4
Kartalarni tuzish va ularni nashrga tayyorlash jarayonidagi uslu-azkurs.org

Chuqur nashr usuli. Bu usulda kartani nashr qilishda, kartografik tasvir nashr formasiga o'yib tushiriladi, ya'ni shuqurlashtirib joylashtiriladi. So'ngra bu chuqurchalar rang io'yoqlari bilan to'ldirilib nashr qilinadi. Bu usul kartalarni yuqori loligrafik sifat bilan ta'milaydi va bu usulda nashr qilingan kartalar sifati poligrafik jihatdan eng yuqori, a'lo baho bilan baholanadi.

  • Baland nashr usuli. Bu usulda kartani nashr qilishda, kartografik tasvir nashr formasiga bevosita bo'rttirib, ya'ni qavariq 135 holda tushiriladi va bu qavariq joylarga rang bo'yoqlari surtiladi. Nashr formasining kartografik tasvirlardan bo'sh qolgan ochiq joylariga ranglarni yuqtirmaydigan maxsus suyuqlik bilan ishlov beriladi. Buning natijasida, kartani nashr etish jarayonida rang bo'yoqlari qog'ozda o'z aksini topadi, ochiq joylarga rang bo'yoqlari yuqmasdan qog'oz oqligicha qoladi.


    3. Tekis nashr usuli. Bu usulda kartaning nashr etiladigan elementlari va ochiq qoladigan joylari nashr formasida bir tekislikda bir sathda joylashtiriladi. Kimyoviy ishlov berish natijasidla rang bo'yoqlari faqat chop etiladigan elementlargagina yopishadi, bo'sh qolgan ochiq joylar esa rang bo'yoqlarini qabul qilmaydi. Tekis nashr qilish usuli odatda oddiy va uncha murakkab bo'lmagan kartalarni chop etish uchun qo'llaniladi. Kartani nashr qilish jarayonida awal shtrixli elementlar namunasi (shtrixovaya proba), so'ngra rangli elementlar namunasi (krasochnaya proba) chop etilib, ularning namunasi, ya'ni ottiski olinadi. Olingan ottisklarni bir-biriga qo'shish va solishtirish yordamida har xil ranglarda chop etilgan karta elementlari ma'nosining bir-biriga to'g'ri kelishi va mosligi aniqlanadi. Shtrixli elementlardan olingan nusxaning aniqligi va sifati tekshiriladi. Fon ranglarini tanlash va ularning konturlarga mos kelishi, shkalalar gradatsiyasi va otmivka, yozuvlarning to'g'ri yozilishi va joyga mosligi ko'rib chiqiladi. Shtrixli elementlar namunasi va rangli elementlar namunasi nashr jarayonida kartani ko'zdan kechirish va nashr xatoliklarini to'g'rilash uchun ishlatiladi
    Kartaning tirajini bosishdan awal, uning dastlabki nazorat namunasi chop etiladi. Shu namuna asosida nashr etuvchi qurilmaning texnik holati va ish rejimi aniqlanadi. Bunda rang va bo'yoqlarning aniq va tekis yotishi, ranglarning konturlarga mos kelishi, ranglarning bir-biriga qo'shilishi tekshiriladi va xatoliklar to'g'rilanadi. Shundan so'ng butun tiraj nashr qilinadi. Geografik atlaslar, albomlar va boshqa kartografik asarlarni nashr qilishda nashr qilingan varaqlar atlas komponovkasiga mos ravishda kesiladi va ular bloklarga mos holda buklanib muqovalanadi.

    Yüklə 9,19 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə