«karyer mexanik uskunalari» fanidan


3.1 Karer uchun zarur bo‘lgan ekskavatorlar sonini aniklash



Yüklə 173,48 Kb.
səhifə3/12
tarix22.03.2024
ölçüsü173,48 Kb.
#180420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
5b ABDUG\'AFUROV ASROR

22

3.1 Karer uchun zarur bo‘lgan ekskavatorlar sonini aniklash_____________

22

3.2 Burg‘ulash stanoklari ishchi parkini aniklash________________________

22

3.3 Otval uchun buldozerlar sonini aniqlash____________________________

22

Xulosa___________________________________________________________

23

Foydalanilgan adabiyotlar___________________________________________

24



KIRISH
Konchilik - mamlakat sanoatining yirik tarmoqlaridan biri bo‘lib, xalq ho‘jaligini rivojlantirish va samaradorligini yuqori bo‘lishini ta’minlashda katta ahamiyatga egadir. Chunki konchilik sanoati tarmoqlarida neft, tabiiy gaz, ko‘mir, rangli metall, nometall qurilish materiallari kabi ko‘plab foydali qazilma konlarini qazib chiqaruvchi korxonalar faoliyat yuritadilar.
Konlarni qazib olish ishlari masshtabining nihoyatda kengligi, mehnat va kapitaltalabligi, shuningdek kon qazish ishlarini tobora chuqurlashib borishi tufayli qazish ishlari sharoitlarining murakkablashi va nafaqat konchilik sanoati texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini, balki butunlay xalq ho‘jaligining samaradorligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli konchilik ishlari samaradorligini oshirish mamlakat xalq ho‘jaligining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Konchilik sanoati texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga, birinchi navbatda, konlarni progressiv ochiq usulda qazib olishni rivojlantirish orqali erishiladi. Chunki foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan istiqbolli usul hisoblanadi. Ochiq usulda kon qazishning qudratli industrial bazasi mavjudligi va foydali qazilma zaxiralarining katta qismi er yuziga yaqin joylashganligi tufayli hozirgi vaqtda mamlakatimizda qazib olinayotgan qattiq mineral xom ashyoning katta qismi (80-85%) ana shu progressiv ochiq usulda qazib olinmoqda.
Keyingi yillarda mamlakat karyerlarida ilmiy texnika taraqqiyoti natijalari asosida takomillashgan texnika va innovatsion texnologiyalarni qo‘llanishi orqali ochiq usulda kon qazish ishlari iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga erishilmoqda. Bu esa o‘z navbatida konlarni ochiq usulda qazib olish doirasini yanada kengaytirishga imkon yaratmoqda.



Yüklə 173,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə